Imomqulov To‘lqin Burxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investision faoliyatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt955.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jahongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi investision faoliyatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki moliyaviy resurs manbai sifatida Eksportni rag‘batlantirish agentligi moliyaviy resuslaridan tijorat banklari orqali eksportoldi moliyalashtirish taklif etilgan;  
mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kompaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizini Eksportni rag‘batlantirish agentligi qoplab berishi taklif etilgan; 
eksport qiluvchi korxonalarning investision faoliyatini moliyalashtirish maqsadida avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizigacha miqdorda Davlat byudjetidan kompensatsiya qilish asoslangan;
byudjet parametrlarini shakllantirishda investisiya loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini har yillik o‘rtacha miqdorda 1,1 barobar oshirib borish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Investision faoliyatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:  
ichki moliyaviy resurs manbai sifatida Eksportni rag‘batlantirish agentligi moliyaviy resuslaridan tijorat banklari orqali eksportoldi moliyalashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi hukumat komissiyasining 2020 yil 13 noyabrdagi 23-son bayonnomasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2020 yil 1 dekabrdagi 32-12/1667-son ma’lumotnomasi). Natijada, Eksportni rag‘batlantirish agentligidan tijorat banklariga 100 mln.dollar ajratish orqali banklar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining investisiya loyihalarini moliyalashtirishida kompleks yondashuv tadbiq etilishi hamda bank xizmatlari takomillashtirilishiga zamin yaratilgan;
mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kompaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizini Eksportni rag‘batlantirish agentligi qoplab berishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi PQ-4707-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2021 yil 23-fevraldagi 39-01-02/472-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport korxonalariga moliyaviy mablag‘lari sezilarli darajada o‘sishi ta’minlanadi, mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirishga imkon yaratgan;
eksport qiluvchi korxonalarning investision faoliyatini moliyalashtirish maqsadida avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizigacha miqdorda Davlat byudjetidan kompensatsiya qilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi «Eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4949-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining 2021 yil 23 fevraldagi 39-01-02/472-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy eksportchi korxonalarda 2021 yilda eksport shartnomalarining 30 foizga oshishiga hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga imkon bergan, hamda 200 mingdan ortiq xorijiy xaridor jalb qilish imkonini yaratgan;
byudjet parametrlarini shakllantirishda investisiya loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini har yillik o‘rtacha miqdorda 1,1 barobar oshirib borish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish bo‘yicha parametrlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 06/06-02-32/135-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan investisiya loyihalari hajmini 2020 yilda 1,1 barobar oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish