Ibrohimov Yorqinjon To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1109.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti Toshkent shahar filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet el elektron tijorat sub’ektlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solinadigan bazasini to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan kelib chiqib aniqlash taklif etilgan;
soliq to‘lovchilarni realizatsiya qilish joyida ro‘yxatga olishni elektron xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el elektron tijorat sub’ektlariga joriy etish taklif etilgan;
elektron tijorat sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i stavkasini ikki barobar pasaytirilgan stavkada belgilash asoslangan;
elektron tijorat sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotni soliq hisoboti tarkibida alohida aks ettirishni joriy etish orqali soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda elektron tijoratni soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chet el elektron tijorat sub’ektlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solinadigan bazasini to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan kelib chiqib aniqlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 24 dekabrdagi 17-42304-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida elektron xizmatlar bo‘yicha bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solinadigan bazasini hisoblab chiqarish mexanizmi yaratilgan;
soliq to‘lovchilarni realizatsiya qilish joyida ro‘yxatga olishni elektron xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el elektron tijorat sub’ektlariga joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 24 dekabrdagi 17-42304-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu mexanizmning joriy qilinishi hisobiga 2020 yilda byudjetga qo‘shimcha 12,4 mlrd.so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i tushishiga erishilgan;
elektron tijorat sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i stavkasini ikki barobar pasaytirilgan stavkada belgilash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 24 dekabrdagi 17-42304-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron tijorat sub’ektlarining ixtiyoriy ravishda soliq organlarida ro‘yxatda turishlari va o‘z faoliyatlarini yanada kengaytirishlariga erishilgan;
soliq hisoboti tarkibiga elektron tijorat sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotni kiritish bo‘yicha taklifi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq hisobotini tuzishda foydalanilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 24 dekabrdagi 17-42304-son ma’lumotnomasi). Natijada soddalashtirilgan tartibda soliq to‘lovchi elektron tijorat sub’ektlar tomonidan elektron tijorat faoliyatini amalga oshirdan tushadigan tushumlarning alohida hisobini yuritish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish