Razikov Akmal Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Xorij bozorlari talablariga mos eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi misolida)», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt70.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02 .
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akram Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gayipnazarova Zumrat Talatovna,iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eksportbop to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moslashuvchan tikuvchilik ishlab chiqarishini rag‘batlantirish, kichik tikuvchilik korxonalarini barpo etish, bo‘yash-pardozlash ishlab chiqarishini modernizatsiyalab borish hamda eksportbop yuqori qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va xomashyo o‘rtasidagi optimal nisbatni ta’minlashning iqtisodiy boshqaruv jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimi korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari, jumladan “to‘qish”, “buyash-pardozlash” va “oxirgi ishlov berish” jarayonlarini samarali boshqarishda “rentabellik” va “xalqaro standart talablari”ga ustvorlik berishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
to‘qimachilik sanoat korxonalarining to‘lovga qodirligini baholashda chet el valyutasidagi uzoq muddatli kreditlar 7%, qisqa muddatli kreditlar 12%dan yuqori bo‘lmagan foizlarda olishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari ishlab chiqarishi va “Paxta-to‘qimachilik” klasterlari eksporti tarkibiy o‘zgarishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari xalqaro sifat standartlariga muvofiq mahalliy standartlashtirish va sertifikatsiyalash tizimini qayta tashkil etishni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorij bozorlari talablariga mos eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moslashuvchan tikuvchilik ishlab chiqarishini rag‘batlantirish, kichik tikuvchilik korxonalarini yaratish, bo‘yash-pardozlash ishlab chiqarishini modernizatsiyalab borish hamda yuqori qiymatli eksportbop tayyor mahsulot ishlab chiqarish va xomashyo o‘rtasidagi optimal nisbatni ta’minlashning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar “O‘zto‘qimachi-liksanoat” uyushmasi tizimiga, jumladan “PLASTEX” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 15 fevral-dagi 03/18-646-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida “PLASTEX” MChJ mahsuloti eksporti hajmi 5,2 mln. dollarga ortgan;
ishlab chiqarish, jarayonlari, jumladan “to‘qish”, “buyash-pardozlash” va “oxirgi ishlov berish” jarayonlarini boshqarishda “rentabellik” va xalqaro standart talablariga ustvorlik berish bo‘yicha takliflar O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasi tizimidagi ishlab chiqarish korxonalariga, jumladan “NIL-GRANIT” MChJ va “NIL-GRANIT” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 15 fevraldagi 03/18-646-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida “NIL-GRANIT” MChJ ishlab chiqarish xarajatlarini 10 foizga qisqartirishga erishilgan hamda “CRYSTAL COLOR TEXTILE” MChJda ko‘ylakbop gazlama ishlab chiqarishni tashkil etishda mahsulot rentabelligi 22 %ga va korxona rentabelligi 18,9 %ga teng bo‘lishiga imkon yaratilgan;
to‘qimachilik sanoat korxonalarining to‘lovga qodirligini baholashda chet el valyutasidagi uzoq muddatli kreditlar 7%, qisqa muddatli kreditlar 12%dan yuqori bo‘lmagan foizlarda olishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha berilgan takliflar “CRYSTAL COLOR TEXTILE” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 15 fevraldagi 03/18-646-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning yillik sof foydasi 1754,4 mln. so‘mga ortgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari ishlab chiqarishi va “Paxta-to‘qimachilik” klasterlari eksporti tarkibiy o‘zgarishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari xalqaro sifat standartlariga muvofiq mahalliy standartlashtirish va sertifikatsiyalash tizimini qayta tashkil etishni e’tiborga olgan holda ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 15 fevraldagi 03/18-646-son ma’lumotnomasi). Natijada 2030 yil paxta kalava ipi eksportini 61,0%dan 26,75gacha kamaytirish, shuningdek ip gazlama eksporti ulushini 7%dan 12,9%ga, trikotaj matosi eksportini 6%dan 23%ga, tikuvchilik- trikotaj buyumlari eksportini 11,7%dan 33,8%ga, paypoq mahsulotlari eksportini esa 1,8%dan 4,5%ga oshirish imkoni yaratilgan.