Butayarov Abduqodir Tuxtaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligi», 06.01.02-«Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik» (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2021.3.PhD/T 2340
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: [Serikbaev Bakir Serikbaevich], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislar instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sherov Anvar G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor; Norqulov Usmonqul, qishloq xujaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulini takomillashtirish, ilmiy-asoslangan sug‘orish tartibini va uni amalga oshiruvchi tomchilatib sug‘orish texnikasi elementlarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usuli sug‘orish me’yorlari, hisobiy qatlamlarini inobatga olib takomillashtirilgan;
och tusli bo‘z, o‘rta qumoq tuproqlar uchun g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish tartiblari tuproqning sug‘orishdan oldingi namligi, hisobiy ildiz qatlami hamda havoning harorati va nisbiy namligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
och tusli bo‘z, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlarda g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnikasi elementlari yondosh sug‘orish shlanglari orasidagi masofa, tomizgichlar orasidagi masofa va tomizgichlardagi suv sarflarini inobatga olib ishlab chiqilgan;
och tusli bo‘z o‘rta qumoq tuproqlar sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orish tartiblarining g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
g‘o‘zaning «Sulton» navini och tusli bo‘z, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida tomchilatib sug‘orish usuli sug‘orish me’yorlari, hisobiy qatlamlarini inobatga olib takomillashtirildi «Surxon Sifat Tekstil`» MChJ Denov filiali klasterining Jarqo‘rg‘on tumani Jayronxona Mirishkori SIU xo‘jaligida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 04/20-3764-son ma’lumotnomasi). Natijada, xar gektardan 2720-2750 m3/gacha sug‘orish suvi tejalishga, g‘o‘za xosildorligi 6,2-8,2 s/ga oshishi imkoni yaratilgan; 
g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orish tartiblarining g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta’siri aniqlandi Jarqurg‘on tumani «Surxon Sifat Tekstil`» MChJ Denov filiali klasterini suv bilan ta’minlovchi sug‘orish tizimida  joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 04/20-3764-son ma’lumotnomasi). Natijada, meneral ug‘itlar 30-35% gacha kam sarflanishi, mexnat sarfi 31-36% ga tejaldi, tizimda suvdan foydalanish ko‘rsatkichi R=0,71 dan 0,98 gacha ko‘tarilishiga erishilgan; 
g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish usulida ilmiy-asoslangan sug‘orish tartibi hamda sug‘orish texnikasi elementlari yondosh sug‘orish shlanglari orasidagi masofa, tomizgichlar orasidagi masofa va tomizgichlardagi suv sarflarini inobatga olib ishlab chiqildi Jarqurg‘on tumani «Surxon Sifat Tekstil`» MChJ Denov filiali klasterining paxta maydonlarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 dekabrdagi 04/20-3764-son ma’lumotnomasi). Natijada, yonilg‘i moylash harajatlari 35-45% kam sarflanib, sug‘orish suvi 49-53% ga tejalishi, g‘o‘za hosildorligi 20-25% oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish