Ligay Ruslan Efimovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilo‘ngach rekonstrutiv xirurgiyasida gastroezofagoplastikaning zamonaviy prinsiplari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib105.

Ilmiy maslahatchi: Nizamxodjaev Zayniddin Maxamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Chernousov Aleksandr Fedorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Juraev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shovkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: N.N.Petrov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot onkologiya markazi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qizilo‘ngach kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni operatsiya oldi olib borish yo‘llarini takomillashtirish, gastrotransplantantni shakllantirishning yangi usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish orqali xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan  iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qizilo‘ngach plastikasidan keyin transplantant nekrozi va qizilo‘ngach anastomoz etishmovchiligiga olib keluvchi asosiy sabablarning o‘zaro bir-biriga murakkab bog‘liqligi aniqlangan va gastroezofagoplastikaning asosiy zamonaviy prinsiplari shakllantirilgan;

qizilo‘ngachda rekonstruktiv-tiklovchi operatsiyalardan keyingi asoratlar sistemalashtirilgan va ushbu kasallikning majmuaviy profilaktikasi ishlab chiqilgan;

ezofagoplastika bilan bir vaqtda oshqozon katta egriligidan gastrotransplantantni shakllantirishning yangi usuli ishlab chiqilgan;

gastrotransplantantning oshqozon antral qismini saqlagan holda rezervuar-evakuatorlik funksiyasi baholangan;

operatsiyadan oldin bemorlarni olib borish, operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim holatini kamaytirishga yo‘naltirilgan davolash-profilaktika chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Qizilo‘ngach ektirpatsiyasi texnikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarga asosan «Ezofagoplastikada gastrotransplantatni shakllantirish usullari» bo‘yicha patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi №IAP 03872). Qizilo‘ngach kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga gastrotransplantatni shakllantirishning takomillashtirilgan usullarining qo‘llanishi operatsiyadan keyingi spesifik asoratlarni 43% dan 11,6% gacha kamaytirish imkonini berdi;

ishlab chiqilgan gastrotransplantatni shakllantirish va operatsiyadan keyingi asoratlarni profilaktika qilish dasturi amaliy sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xururgiya markazi, Andijon va Xorazm viloyatlari onkologiya dispanserlarining torako-abdominal bo‘limlari faoliyatiga keng tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 dekabrdagi 8n-d/79-son ma’lumotnomasi). Bu qizilo‘ngachda rekonstruktiv-tiklovchi operatsiyalardan keyingi o‘lim holatini 17,7% dan 7,7% gacha kamaytirish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish