Jalolov Ilhomjon Isomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxona iqtisodiy salohiyatining statistik tahlil qilish usullarini takomillashtirish”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt570.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxona iqtisodiy salohiyatining statistik tahlil qilish usullarini takomillashtirish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli mulkchilik shakliga asoslangan korxonalar iqtisodiy salohiyatini baholashning statistik ko‘rsatkichlar tizimi “moddiy resurslar”, “nomoddiy aktivlar”, “mehnat resurslari” hamda “tadbirkorlik qobiliyati”ni yaxlit bir tizimda baholash asosida ishlab chiqilgan;
korxonalarda texnologik salohiyatdan foydalanish indekslari (texnologik omillar samaradorligi, quvvatlardan foydalanish, quvvatlar bilan ta’minlanish darajasi) va mehnat unumdorligi indekslari (yakka tartibdagi, agregat, o‘rtacha garmonik, tortilgan)dan foydalanib, iqtisodiy salohiyatlarni statistik baholashning uslubiy jihatlari takomillashtirilgan;
ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ko‘rsatkichlarni qiyosiy tanlash hamda iqtisodiy salohiyat darajasini tahlil qilish hisobiga tuzilmaviy tahlil usulida sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini statistik baholash tizimi taklif etilgan;
korxonalar iqtisodiy rivojlanishini istiqboldagi o‘rta muddatli (2021-2025yy) statistik prognozlari “intuitiv” va “formallashtirish” usullarini qo‘llash hisobiga ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar iqtisodiy salohiyatini zamonaviy statistik uslublaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“moddiy resurslar”, “nomoddiy aktivlar”, “mehnat resurslari” hamda “tadbirkorlik qobiliyati”ni yaxlit bir tizimda baholash asosida turli mulkchilik shakliga asoslangan korxonalarning iqtisodiy salohiyatini baholashning statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi sanoatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 06/13-01-10/12-son ma’lumotnomasi). Bu esa korxonalarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va ularni kompleks statistik tahlil qilish imkoniyatlarini oshirgan;
korxonalarda texnologik salohiyatdan foydalanish indekslari (texnologik omillar samaradorligi, quvvatlardan foydalanish, quvvatlar bilan ta’minlanish darajasi) va mehnat unumdorligi indekslari (yakka tartibdagi, agregat, o‘rtacha garmonik, tortilgan)dan foydalanib, iqtisodiy salohiyatlarni statistik baholashning uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 20 martdagi 01/1-04-18/2-66 –son ma’lumotnoma). Ushbu takliflarning joriy etilishi qo‘mitaning sanoat statistikasi boshqarmasi tomonidan indekslar asosida statistik baholash imkoniyatlarini oshirgan;
ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ko‘rsatkichlarni qiyosiy tanlash hamda iqtisodiy salohiyat darajasini tahlil qilish hisobiga sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini tuzilmaviy tahlil usulida statistik baholash tizimi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 20 martdagi №01/1-04-18/2-66-–son ma’lumotnoma). Bu esa sanoat tarmog‘ining innovatsion salohiyatini kompleks statistik baholash imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
korxonalar iqtisodiy rivojlanishini istiqboldagi o‘rta muddatli (2021-2025yy) statistik prognozlarining “intuitiv” va “formallashtirish” usullarini qo‘llash hisobiga takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi sanoatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 06/13-01-10/12-son ma’lumotnomasi). Bu esa istiqbolda korxonalar salohiyati va samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini statistik baholash hamda korxonani rivojlantirish uchun maqsadli dasturlar ishlab chiqish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish orqali yana boshqa imkoniyatlarni yaratish va korxonaning samarali istiqbolini belgilash imkonini bergan.