Rasulov Nuriddin Abdullaevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt582.
Ilmiy rahbar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarga qilinadigan xarajatlarning miqdorini oshirish, xatar darajasini yumshatish, o‘zaro hamkorlikdagi mablag‘lardan foydalanish asosida samaradorlikka erishishni ta’minlash maqsadida davlat va xususiy sektor hamkorligining 50/50 mexanizmidan foydalanish tavsiya etilgan;
xorijdan investisiya mablag‘larini jalb qilish va ularning innovatsion mahsulotlarni moliyalashtirishdagi tavakkalchiliklarni yumshatish maqsadida xorijiy investision boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish asoslangan;
hududlar innovatsion salohiyatini rivojlantirish, kichik iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada faollashtirish, yuqori texnologik muhitni yaratish hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda ilmiy innovatsion klaster usulidan foydalanish taklifi asoslangan;
ilmiy, innovatsion ishlanmalardan yakuniy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida davlatning buyurtmachi bo‘lishi maqsadga muvofiq ekanligi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarga qilinadigan xarajatlarning miqdorini oshirish, xatar darajasini yumshatish, o‘zaro hamkorlikdagi mablag‘lardan foydalanish asosida samaradorlikka erishishni ta’minlash maqsadida davlat va xususiy sektor hamkorligining 50/50 mexanizmini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 05-05/5215-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat va xususiy sektor hamkorligining 50/50 mexanizmi asosida sanoat sohasida 2020 yil yakuniga ko‘ra, 15 mlrd.so‘m miqdorida ilmiy innovatsion loyihalarning moliyalashtirishga erishilgan;
xorijdan investisiya mablag‘larini jalb qilish va ularning innovatsion mahsulotlarni moliyalashtirishdagi tavakkalchiliklarni yumshatish maqsadida xorijiy investision boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi 5583-sonli «Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 2020 yil 24 dekabrdagi 05-05/5215-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya va boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish asosida «Farg‘ona vodiysida tadbirkorlikni rivojlantirish» loyihasini moliyalashtirish uchun 8 mln.dollar miqdoridagi investisiyalar jalb etishga erishilgan.
hududlar innovatsion salohiyatini rivojlantirish, kichik iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada faollashtirish, yuqori texnologik muhitni yaratish hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda ilmiy innovatsion klaster usulidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 05-05/5215-son ma’lumotnomasi). Natijada, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ilmiy innovatsion klasterlarni shakllantirishga 2021 yilda umumiy qiymati 584,2 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishiga erishilgan;
ilmiy, innovatsion ishlanmalardan yakuniy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida davlatning buyurtmachi bo‘lishi maqsadga muvofiq ekanligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son «Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 05-05/5215-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat buyurtmasi mexanizmi asosida 2020 yil 9 oylik yakuniga ko‘ra, 87,2 mlrd.so‘m miqdorida aniq yakuniy turdagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga erishilgan.