Axmedov Botirjon Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paralingvistik vositalarning genderologik va pragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № V 2021.1.PhD/Fil123.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Mamadalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbeklar nutqiy muloqotida ishlatiluvchi jinsiy xoslangan noverbal vositalarning pragmatik xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paralingvistik vositalar shaxsning psixologik, ijtimoiy, milliy-madaniy, ma’naviy va jinsiy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan nutqiy muloqotning zaruriy komponenti ekanligi dalillangan;
jinsiy xoslangan o‘zbek paralingvistik vositalarining nutqiy vaziyat bilan bog‘liq ma’nolari hamda pragmatik xususiyatlari ochib berilgan;
jinsiy xoslangan o‘zbek paralingvistik vositalarining aksiologik vazifa bajarishi, vaziyat, holat va insonlarning xarakter xususiyatlarini ijobiy yoki salbiy baholash imkoniyatlari ochib berilgan;
o‘zbeklar muloqotidagi paralingvistik vositalarining genderologik va pragmatik tahlili asosida erkak va ayollarga xos bo‘lgan noverbal vositalarning jamiyat hayotidagi madaniy me’yorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paralingvistik vositalarning genderologik va pragmatik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muloqot jarayonida uzatilayotgan axborotning emotsional-ekspressiv bo‘yog‘ini etkazishda, uning tushunarli va ta’sirli bo‘lishini ta’minlashda lingvistik birliklar bilan bir qatorda paralingvistik vositalarning o‘rni hamda ularning genderologik xususiyatlarini yoritishdagi xulosalaridan “A-1-126. Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari” davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-815-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishda nafaqat lisoniy birliklar va ularning voqelanish usullari haqidagi bilimlar, balki ularga yondosh bo‘lgan paralingvistik vositalar hamda ularning muloqot jarayonidagi ahamiyati haqidagi bilimlari ham muhimligi aniqlangan;
nutqiy muloqotda paralingvistik vositalarning o‘rni, ularning madaniyatlararo xoslanishi hamda erkaklar va ayollarga xos bo‘lgan paralingvistik vositalarning pragmatik tahlilidan olingan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali Davlat unitar korxonasining “Bedorlik”, “Huquqiy echim”, “Kim haq?” nomli eshittirishlarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat unitar korxonasining 2021 yil 1 apreldagi №04-25-481-son dalolatnomasi). Natijada, ushbu eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar ilmiy dalillar bilan boyigan, mukammallashgan, qiziqarliligi, hayotiyligi hamda ilmiy ahamiyati ortgan.
nutqiy muloqotda paralingvistik vositalar pragmatik mazmun ifodalab, aksiologik ahamiyat kasb etishi, adresant va adresatning nutqiy vaziyatga bo‘lgan sub’ektiv bahosini ko‘rsatib, ijobiy va salbiy ma’no ifodalashiga doir nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla teleradiokanali” Davlat unitar korxonasi “Jamiyat taqdiri”, “Oila tilsimi”, “Ijtimoiy modernizatsiya” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla teleradiokanali” Davlat unitar korxonasining 2021 yil 16 iyundagi №02-10-613-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar mazmunan boyib, teletomoshabinlarda paralingvistik madaniyatning shakllanishiga turtki bo‘lgan.