Aliboeva Nilufar Mahamatali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida taqlid so‘zlarning qiyosiy tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil977.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Alieva Shahnoza Aybekovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi hozirgi zamon ingliz va o‘zbek tillari taqlidiy so‘zlarining tipologik xususiyatlarini, doimiy qo‘llanish me’yorini ko‘rsatuvchi semantik va kontekstual tavsifini, tarjima muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi taqlidiy ifodalar shovqinning kelib chiqish manbasiga ko‘ra emas, balki shovqinning fonologik xususiyatiga ko‘ra instantlar, kontinuantlar va frekventativ turlarga bo‘linishi mumkinligi asoslangan; 
o‘zbek tilida taqlidiy ifodalar morfologik sathda mustaqil va nomustaqil so‘z turkumlari orasidagi alohida so‘z turkumi sifatida kategoriyalanishi, ingliz tilshunosligida esa taqlidiy so‘zlar va taqliddan shakllangan mustaqil so‘zlar onomatoplar deb atalishi, biroq morfologik qatlamda taqliddan yasalgan mustaqil so‘zlar o‘zining grammatik alomatlariga ko‘ra mavjud mustaqil so‘z turkumlaridan biriga oid ekanligi aniqlangan;
taqlidiy so‘zlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi kamchiliklar, jumladan, taqlidiy so‘zlarning tarjima matnida tushirib qoldirilishi yoki transliteratsiya yo‘li bilan berilishi hamda noekvivalentlar orqali ifodalanishi aniqlangan;
tarjimadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun taqlidiy so‘zlarning aynan ekvivalentlaridan foydalanish, asliyatdagi taqlidlarni tarjimada tasviriy so‘zlar bilan ifodalash yoki  tarjimada taqlidlarni boshqa so‘z turkumlari vositasida ifodalanishi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida taqlidiy va tasviriy so‘zlarning o‘zaro aloqalarini qiyosiy tadqiq etish asosida: 
o‘rganilgan dissertatsiya materiallari va xulosalaridan til va madaniyat mushtarakligi, taqlid so‘zlarning semantik-funksional va lingvokul`turologik xususiyatlari, ularning nutq madaniyatiga munosabat masalasi, tub so‘zlar va o‘zlashgan so‘zlar funksional kategorizatsiyasini amalga oshirish, tillarda ma’no qorishiqligi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari, ularni belgilab beruvchi omillarni o‘rganish, uslubiy jihatdan taqlid so‘zlarni o‘ziga xosligi jihatlariga oydinlik kiritishga doir tahlillardan “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi OT-F1-18 raqamli fundamental loyihada foydalanilgan(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 maydagi 319-1805-35-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida chet tilini qiyoslab o‘qitish jarayonida talabalarning nutqiy madaniyati va ko‘nikmalarini ta’minlash metodologiyasi takomillashgan;
“Olamning milliy lisoniy manzarasida taqlidlar va ularni tipologik o‘rganish muammolari” deb nomlangan uchinchi bobidagi materiallardan, tilning madaniy tabiati, semantik o‘ziga xosliklari va madaniyatlararo mulokotda leksemalarning milliy-madaniy xoslanganligiga oid nazariy karashlari, amaliy tavsiyalari va ilmiy xulosalaridan “Tafakkur bo‘stoni” nashriyotida nashr qilingan 5221000-Filologiya va tillarni o‘kitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligida foydalanilgan(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 maydagi 319-1805-35-son ma’lumotnomasi). Natijada taqlid so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlariga oid qarashlar mukammallashgan.
taqlidiy so‘zlarning o‘zbek tilidan ingliz tiliga, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishning muammolariga oid tavsiyalardan, o‘zbek tilidagi taqlidiy ifodalarni shovqin turiga ko‘ra struktur ko‘rinishlari hamda ingliz tilidagi taqlidiy so‘zlarning morfologik xususiyatlari va morfologik sathdagi o‘rniga doir ilmiy xulosalardan “Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash” mavzusidagi (2015-2018) nomli xalqaro loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 maydagi 319-1805-35-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy muloqotda taqlidlarning tutgan o‘rni ko‘rsatilgan va nazariy bilimlarni amalda qo‘llash, nutqiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga oid tavsiyalar berilgan;
o‘zbek tilidagi taqlidiy ifodalarning uslubiy jihatlari, morfologik sathda mustaqil va nomustaqil so‘z turkumlari orasidagi alohida so‘z turkumi sifatida kategoriyalanishi, ingliz tilshunosligida esa taqlidiy so‘zlar va taqliddan shakllangan mustaqil so‘zlar umumlashtirilgan holda onomatoplar deb atalishi, biroq morfologik qatlamda taqliddan yasalgan so‘zlar mustaqil so‘zlar o‘zining grammatik alomatlariga ko‘ra mavjud mustaqil so‘z turkumlaridan biriga oid deya e’tirof etilishi hamda tarjimadagi o‘ziga xos jihatlarga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharriyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot“, “Adabiy jarayon” radioeshittirishlarining 2021 yil yanvar` va fevral` oylari sonlarida tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan bo‘lib o‘tgan suhbatlarda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali DUKning 2021 yil 29 martdagi O’z/R-01-35-21-son ma’lumotnomasi). Natijada taqlidiy so‘zlarning o‘zbek tili nutq madaniyatidagi o‘rni, ingliz-o‘zbek tillariga tarjima qilishdagi muammolar echimi ilmiy-amaliy asoslab berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish