Fayziev Oybek Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moyli ekinlar donini etishtirish va qayta ishlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt96.
Ilmiy rahbari: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Narbaev Sharofiddin Kengeshovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqcadi moyli ekinlar donini etishtirish va qayta ishlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moyli ekinlar donini etishtirish tarmog‘i uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash maqsadida «Soya va moyli ekinlar» kafedrasi hamda boshqaruv tizimining tashkiliy ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan «G‘allachilik, don-dukkakli va moyli ekinlar» boshqarmasini tashkil etish taklif qilingan;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos noan’anaviy moyli ekinlarning urug‘lik materialiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil etish asoslangan;
aholining turli yosh va jins toifasi bo‘yicha o‘simlik moyiga bo‘lgan minimal iste’mol talabini tibbiy me’yor talablari asosida hisoblashning soddalashtirilgan uslubi ishlab chiqilgan;
xom ashyo ishlab chiqarish va qayta ishlash tizimini qo‘llab-quvvatlovchi hududiy «O‘simlik moyi-agroklasteri»ni tashkil etish asoslangan hamda yondosh tarmoqlar bilan integratsiyalashuv mexanizmlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Moyli ekinlar donini etishtirish va qayta ishlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
moyli ekinlar donini etishtirish va qayta ishlash tarmog‘ini boshqarish tizimi, uning tashkiliy-uslubiy va kadr ta’minotini takomil-lashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 1 noyabrdagi 01/025-393-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining yangi tarkibiy tuzilmasida «G‘allachilik, don-dukkakli va moyli ekinlar» boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari hamda Toshkent davlat agrar universitetida «Soya va moyli ekinlar» kafedrasi tashkil etilgan;
respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga mos har bir viloyatda noan’anaviy moyli ekinlar urug‘chiligiga ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 1 noyabrdagi 01/025-393-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika bo‘yicha 5 ta viloyatda jami 15 ta «Soya urug‘ligi etishtirishga ixtisoslashtirilgan urug‘chilik fermer xo‘jaliklari» tashkil etilgan;
respublika aholisining o‘simlik moyiga bo‘lgan kunlik (sutkalik) va yillik iste’mol me’yorlari hamda ularni hisoblash uslubi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 30 avgustdagi NB-5-1/20-1592-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda o‘simlik moyiga bo‘lgan bir kishining o‘rtacha kunlik (sutkalik) va yillik iste’mol me’yori (mos ravishda 23,43 gr va 8,55 kg) hamda jami aholining o‘simlik moyiga bo‘lgan yillik talabi (2020 yil uchun 290,0 ming tonna)ni aniqlashning uslubiy asoslari yaratilgan;
hududiy «O‘simlik moyi-agroklasteri»ni shakllantirish bosqichlari, tarkibiy tuzilmasi va uning faoliyat samaradorligini ta’minlash, xom-ashyo ishlab chiqarish va qayta ishlash tizimini qo‘llab-quvvatlovchi hamda yondosh tarmoqlar bilan integratsiyalashuv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 1 noyabrdagi 01/025-393-son ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon, Toshkent va Samarqand viloyatlarida moyli ekinlarni etishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sub’ektlar faoliyatining sinergetik samaradorligi o‘rtacha 8,0-12,0 foizga oshgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish