Allaeva Gulchexra Jalgasovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining yoqilg‘i-energetika majmuasi korxonalarini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi uslubiyatini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.I.DSc/Iqt288.
Ilmiy maslahatchi: Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tillyaxodjaev Muzaffarxo‘ja Abdupattaxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasi korxonalarini barqaror rivojlantirishning samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarining orbital barqarorligi, ishlab chiqarish va texnik-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olish asosida energetik xavfsizlikni oshirish trilemmasi takomillashtirilgan;
0<0,50>0,80 oralig‘ida yoqilg‘i-energetik resurslarni qazib olish, ishlab chiqarish va taqsimlash bloklari hajmli indikatorlarining chegaraviy qiymatlarini integral baholashga asoslangan yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarining barqaror rivojlanish modeli takomillashtirilgan;
yoqilg‘i-energetik resurslarning qazib olinishi va taqsimlanishini monitoring qilish va maqbullashtirishni o‘z ichiga olgan kompensatorli, iteratsion va zaxira mexanizmlarni hisobga olishga asoslangan barqaror rivojlanish metodologiyasi takomillashtirilgan;
korxonaning rivojlanish barqarorligi indikatorlarining amaldagi qiymatini ekstremalga nisbatan normal, inqirozga yaqin, inqirozli darajalar bo‘yicha chegaraviy qiymatlarini aniqlash metodikasi takomillashtirilgan;
yoqilg‘i energetika kompleksini raqamli transformatsiya, energetik balansda muqobil energiya, qayta tiklanuvchi energiya, AES ulushlarini oshib borishini hisobga oluvchi 2035 yilgacha barqaror strategik rivojlanishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining yoqilg‘i-energetika majmuasi korxonalarini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Takomillashtirilgan energetik xavfsizlikni oshirish trilemmasi «Xududiy elektr tarmoqlari» AJ va «O‘zbekneftgaz» AJ qazib olish korxonalari faoliyatiga joriy qilingan («Xududiy elektr tarmoqlari» AJning 2021 yil 18 iyundagi 01-04/391-son, «O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 31 martdagi 28-1-11-01-45-son hamda «Koson neftgaz kidiruv ekspedisiyasi» MChJning 2021 yil 4 iyundagi 657-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni qo‘llash asosida korxonalar iqtisodiy samaradorligini baholashda yalpi foyda 1,3 barobarga oshgan;
yoqilg‘i-energetik kompleks korxonalarining barqaror rivojlanish takomillashtirilgan modeli bo‘yicha takliflar «Xududiy elektr tarmoqlari» AJ va «O‘zbekneftgaz» AJ qazib olish korxonalari faoliyatiga joriy qilingan («Xududiy elektr tarmoqlari» AJning 2021 yil 18 iyundagi 01-04/391-son, «O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 31 martdagi 28-1-11-01-45-son hamda «Koson neftgaz kidiruv ekspedisiyasi» MChJning 2021 yil 4 iyundagi 657-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni qo‘llanishi korxonani tashkiliy-iqtisodiy faoliyatini barqaror rivojlantirish, innovatsiya faoliyatini jadallashtirish uchun to‘g‘ri maqsadlarni tanlash, shuningdek, kompaniyaga ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini 21% ga oshirish imkonini bergan;
yoqilg‘i-energetik kompleks korxonalarining barqaror rivojlanish takomillashtirilgan metodologiyasi «Xududiy elektr tarmoqlari» AJ va «O‘zbekneftgaz» AJ qazib olish korxonalari amaliy faoliyatiga joriy qilingan («Xududiy elektr tarmoqlari» AJning 2021 yil 18 iyundagi 01-04/391-son, «O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 31 martdagi 28-1-11-01-45-son hamda «Koson neftgaz kidiruv ekspedisiyasi» MChJning 2021 yil 4 iyundagi 657-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni qo‘llash korxona faoliyatining barcha turlarini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini baholash va “O‘zbekneftgaz” AJ qazib olish korxonalarining energetik-iqtisodiy barqarorligini 25% oshirish imkonini bergan;
indikatorning amaldagi qiymatini ekstremalga nisbatan normal, inqirozga yaqin, inqirozli darajalar bo‘yicha korxonaning rivojlanish barqarorligining chegaraviy qiymatlarini aniqlash metodikasi «Xududiy elektr tarmoqlari» AJ va «O‘zbekneftgaz» AJ qazib olish korxonalari ilmiy-amaliy faoliyatiga joriy qilingan («Xududiy elektr tarmoqlari» AJning 2021 yil 18 iyundagi 01-04/391-son, «O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 31 martdagi 28-1-11-01-45-son hamda «Koson neftgaz kidiruv ekspedisiyasi» MChJning 2021 yil 4 iyundagi 657-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni qo‘llash YoEM korxonalari faoliyatining normal, inqirozga yaqin darajalar bo‘yicha rivojlantirishining iqtisodiy samaradorligini baholashni 11% oshirish imkonini berdi, bu esa, bashorat qilinadigan korxonalar foydasi hajmini yiliga 456 mln so‘mdan oshirish imkonini bergan;
yoqilg‘i energetika kompleksini raqamli transformatsiya, energetik balansda muqobil energiya, qayta tiklanuvchi energiya, AES ulushlarini oshib borishini hisobga oluvchi barqaror rivojlanishning ishlab chiqilgan 2035 yilgacha prognoz parametrlari «Xududiy elektr tarmoqlari» AJ va «O‘zbekneft`gaz» AJ qazib olish korxonalari ilmiy-amaliy faoliyatiga joriy qilingan («Xududiy elektr tarmoqlari» AJning 2021 yil 18 iyundagi 01-04/391-son, «O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 31 martdagi 28-1-11-01-45-son hamda «Koson neftgaz kidiruv ekspedisiyasi» MChJning 2021 yil 4 iyundagi 657-son ma’lumotnomalari). Ushbu ishlab chiqilgan prognoz parametrlari YoEM korxonalarini barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va «Xududiy elektr tarmoqlari» AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ qazib olish korxonalarining energetik-iqtisodiy barqarorligini 17% oshirish imkonini bergan.