Muxamedjanova Sabrina Djamolitdinovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tikuv mashinasi ip rostlagich qurilmalari konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.2.PhD/T1176. 
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedxodjaev Xamit Tursunovich texnika fanlari doktori, professor.    
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tikuv mashinasi ikki konussimon bazaviy va sozlovchi prujinalari bo‘lgan igna ipini taranglagichning konstruksiyasini ishlab chiqish, nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida parametrlarini aniqlash, sifatli chok olishni amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tavsiya qilingan ip taranglagichining konussimon bazaviy va sozlovchi prujinalar prujinalar bikrliklarini, tarelkalari siljishlari ta’sirini inobatga olgan holda igna ipi bilan tarelkalar orasidagi ishqalanish kuchini hisoblash formulasi aniqlandi;
tikuv mashinasida yuqori ish unumida konussimon siquvchi prujina bikrlik koeffisientini (2,0÷2,5)·10^4 n/m oralig‘ida olish uchun ishqalanish koeffisientini (0,25÷0,30)dan oshmasligini ta’minlash maqsadga muvofiqligi aniqlandi;
taranglagich tarelkalarini igna ipi tarangligini o‘zgarishi va bazaviy hamda sozlovchi konussimon prujinalarning dissipativ bikrlik parametlarini ta’siridagi gorizontal o‘q bo‘yicha tebranish qonuniyatini ifodolovchi matematik modeli olindi, bog‘lanish grafiklari qurildi, tavsiya parametrlari aniqlandi;
tavsiya qilingan igna ipini taranglagichga ipni kirish va chiqishidagi tarangliklarini konussimon bazaviy va sozlovchi prujinalar bikrliklari o‘zaro nisbatini o‘zgarishiga bog‘lig‘lik grafiklari qurildi. Igna ipini tebranish amplitudalarini tikish jarayonida kamaytirishni ta’minlaydigan S_1⁄S_2  qiymatlari (1,3÷1,5) oraliqda bo‘lishi tavsiya etildi; 
tavsiya qilingan igna ipini taranglagichi tarelkalarini tebranish amplitudasini tikilayotgan materiallar qalinligiga (tashqi kuch) bog‘lig‘lik grafiklari olindi. Taranglik kuchini gorizontal tashkil etuvchisini kamaytirish hisobiga yuqori ish unumida qalinligi 5,0·10^(-3) m dan ortiq bo‘lgan materiallarni tikishni ta’minlaydigan tavsiya qilingan taranglagichning ipni sozlovchi prujinasi bikrligini maqbul qiymatlari (1,6÷1,8)∙10^4 n/m tavsiya aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki konussimon bazaviy va sozlovchi prujinali tarelkali igna ipini taranglagichi konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
yuqori sifatli qo‘shipli zanjirli bahyaqatorni olish maqsadida igna ipini rostlash qurilmasini konstruksiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” tizimidagi “Ziyo text service” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 29 iyundagi 03/14-2003 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tikuv mashinasining ish unumdorligini 1,1-1,2 baravar oshirish imkoniyati yaratildi; bahyachoklarning o‘tkazib yuborishlari deyarli bo‘lmadi, ipning uzilishi 8÷9 marta kamaydi, igna sinishi bo‘lmadi; choklarning ochilib ketishi deyarli bo‘lmadi.
ikki konussimon bazaviy va amortizatsiyalovchi prujinalari bo‘lgan tarelkani igna ipini taranglagichini tikuv mashinasida qo‘llanilganda, qo‘shipli zanjir bahyachoklari olindi, natijada “O‘zto‘qimachiliksanoat” tizimidagi “Ocean Lux Textile Invest” MChJ korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 29 iyundagi 03/14-2003 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqarish unumi 25-30% ga oshdi, ipning uzilishi 8÷9 marta kamaydi, igna sinishi bo‘lmadi, choklarning ochilib ketishi deyarli bo‘lmadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish