Anarbaev Abdulxamidjonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘onannig antik va o‘rta asrlar davri shahar madaniyati», 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Dsc/Tar1.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar instituti, DSc.27.06.2017.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Sulaymonov Rustam Hamidovich, tarix fanlari doktori; O‘ktam Mavlonov, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘onaning qadimgi va o‘rta asrlar shahar madaniyatining rivojlanish jarayonlarini ochib berish hamda mazkur hudud shaharlarining bir yarim ming yillik uzluksiz tarixini tiklashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryoning o‘ng sohili bo‘ylab sug‘orma dehqonchilikning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari yangi arxeologik artefaktlar asosida isbotlangan;
ilk marotaba qadimgi va o‘rta asr shaharsozligi, shaharlarning mudofaa tizimi, tarixiy topografiyasi, poytaxt shaharlarning joylashuvi, ularning Buyuk ipak yo‘lidagi o‘rni va Xitoy yozma manbalarida «Yuan» deb tilga olingan Farg‘onaning qadimgi poytaxti – Farg‘ona (Farg‘ona–Parkana–Parg‘ona) shahri Eski Axsi (Axsikat) shahar xarobasi o‘rnida bo‘lganligi aniqlangan;
Farg‘ona konfederativ davlati («Dayyuan») tarkibiga kirgan Ershi hukmdorligi va ayni shu nom bilan yuritilgan shahar hamda Yuchen shahri lokalizatsiyasi ilmiy asoslangan;
Farg‘onaning miloddan oldingi I milodiy eraning I asrlardagi siyosiy tarixiga bir qator aniqliklar kiritilgan, Farg‘onaning yangi hukmdorlari Mug‘tepa (Koson) shahar xarobasida o‘zlariga Xitoy manbalarida «Guyshuan» deb atalgan maxsus qarorgoh qurganligi, Farg‘ona shahri esa iqtisodiy markaz bo‘lib qolganligi asoslangan;
Farg‘ona–Parg‘ona («Yuan») shahri tarix sahifasidan o‘chib ketmay, VIII–IX asrning birinchi yarmida arab tarixchi va georgaflarining kitoblarida yana tilga olinganligi va shu asosda uning joylashuviga ilmiy izoh berilgan;
IX asrning ikkinchi yarmidan Farg‘ona shahri arab manbalarida Axsikat sifatida tilga olinishiga qaramay, mahalliy xalq orasida to XI asrning o‘rtalarigacha Farg‘ona deb yuritilganligi numizmatik materiallar asosida isbotlangan;
IX–XII asrlarda poytaxt shahar Axsikatning maydoni 400 gektardan oshib, o‘z davrining «megapolisiga» aylanganligi va bu erda «Damashq qilichlari» nomi bilan dunyoga mashhur qurollar yasalganligi isbotlangan;
shahar topografiyasida hunarmandlar mahallalari va ijtimoiy inshootlarning joylashuvi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotda tutgan o‘rni aniqlangan;
ilk marotaba miloddan oldingi III milodiy eraning XIII asr birinchi choragigacha bo‘lgan davrga mansub moddiy madaniyat buyumlarining umumiy tipologik majmualari, xronologiyasi tuzildi va ularning boshlang‘ich, ilk davrlardan to rivojlangan o‘rta asrlargacha bo‘lgan davr ichidagi evolyusiyasi berilgan;
Farg‘ona vodiysi arxeologiyasida birinchi bo‘lib Farg‘ona-Axsikat shahri sopol idishlari antik davrda har 70-90 yilda, XI asrning ikkinchi yarmi – XIII asrni boshlarida esa har 50-60 yilda o‘zgarganligi ilmiy isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘onaning qadimgi va o‘rta asrlar davri shahar madaniyatini o‘rganish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
«O‘zbekiston arxeologik yodgorliklari majmuasi»ning Namangan va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha jildlarini tuzishda foydalanilgan. Xususan, arxeologik yodgorliklarning joylashuvi va saqlanishi eng zamonaviy texnologiyalar yordamida xaritalarga tushirildi hamda ularni davlat himoyasiga olish tavsiya qilindi (O‘zR Fanlar akademiyasining 2017 yil 14 sentyabrdagi 3/1255-1840-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar tufayli qadimgi Farg‘ona shaharlari va shahar tipidagi qarorgohlari xronologiyasi yaratildi hamda ularning joylashuviga aniqlik kiritildi;
tadqiqot natijalari Marg‘ilonsoy vohasida shahar madaniyatining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Jumladan, miloddan avvalgi I asrning oxirlarida hozirgi Marg‘ilon shaharining Mash’ad mahallasida 20 gektardan ziyod maydonda qadimgi Marg‘ilon shahri qurilganligi ilmiy asoslandi. Shu asosda YuNESKO Bosh konferensiyasining 33-sessiyasi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 9 noyabrdagi «Marg‘ilon shahrining 2000 yilligini nishonlash to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi (O‘zR Fanlar akademiyasining 2017 yil 14 sentyabrdagi 3/1255-1840-son ma’lumotnomasi). Natijada, Marg‘ilonning 2000 yillik yubiley tantanalarini YuNESKO rahnamoligida o‘tkazildi;
arxeologik tadqiqotlar Qo‘qonsoy vohasida ilk sug‘orma dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanish hamda rivojlanish bosqichlarini aniqlashga asos bo‘ldi. Xususan, hozirgi Qo‘qon shahri va uning atrofida miloddan avvalgi II–I asrlarda urbanizatsiyalashgan qarorgohlar paydo bo‘ladi (O‘zR Fanlar akademiyasining 2017 yil sentyabrdagi 3/1255-1840-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 15 dekabrdagi «Qo‘qon shahrining arxitektura ko‘rinishi va shahar infratuzilmasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ilovasining 41-bandida Qo‘qon shahri yoshini aniqlash bo‘yicha Arxeologiya instituti oldiga qo‘yilgan vazifani to‘liq bajarilishi uchun asos bo‘lgan;
ilmiy natijalar O‘zbekiston va Yaponiya telestudiyalarining teleko‘rsatuv va fil`mlari yaratilishida qo‘llanilgan: O‘zbekiston teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali tomonidan «Damashq qilichlari», «Axsiket» («Madaniyat va ma’rifat» telekanalining 2017 yil 11 iyuldagi 02-02/573-son va «O‘zbekkino» milliy agentligining 2017 yil 15 avgustdagi 01-21/172-son ma’lumotnomalari), shuningdek, «O‘zkinoxronika» tomonidan «Marg‘ilon», «Qo‘qon» deb nomlangan qisqa metrajli fil`mlar sur’atga olingan. Dala tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilgan ko‘plab arxeologik artefaktlar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi kolleksiyalarini boyitishga xizmat qilgan.