Rasulova Zilola Durdimurotovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning kreativligini rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (texnologik ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2408.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurad Narmuratovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dasturiy ta’lim vositalari asosida “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalarining kreativligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kreativlikni rivojlantirishga oid “Inter-network communication”, “Creative flight”, “Memory exercise”, “Blended learning”, “Three-stage training”, “The wheel of logical reasoning” kabi innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalardan foydalanish orqali umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini “Inter-network communication”, “Creative flight”, “Memory exercise” kabi innovatsion ta’lim metodlaridan real vaziyatlarda foydalanish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning kreativligini rivojlantiruvchi dasturiy ta’lim vositalari hamda o‘quv-metodik va didaktik ta’minoti (grafik-konstruktor, dasturiy ta’lim algoritmi, tikuvchi-modeler portfoliosi)ni ishlab chiqish orqali, innovatsion kasbiy tayyorgarlik darajalari, baholash parametrlari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ) mazmuni takomillashtirilgan. 
talabalarning kreativligini rivojlantiruvchi dasturiy ta’lim vositalari hamda o‘quv-metodik va didaktik ta’minoti (grafik-konstruktor, dasturiy ta’lim algoritmi, tikuvchi-modeler portfoliosi)ni ishlab chiqish orqali innovatsion kasbiy tayyorgarlik darajalari, (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ) baholash parametrlari mazmunan takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy-pedagogik sifatlarini oshirishga qaratilgan (mantiqiy, evristik, integrativ, tanqidiy, kreativ, innovatsion) yondashuvlari va tikuvchilikka oid kreativligini rivojlantirish dasturiy ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv-metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual funksional imkoniyatlaridan foydalanish orqali grafik kompetentlikni optimallashtiruvchi model takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida talabalarning kreativligini rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
talabalarning kreativligini rivojlantirishga qaratilgan “Inter-network communication”, “Creative flight”, “Memory exercise” kabi innovatsion o‘qitish metodlarini qamrab olgan “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 648-son buyrug‘i, 522-069 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning innovatsion metodlardan foydalanish ko‘nikmalari shakllantirilib, tikuvchilikka oid kreativligini rivojlantirishga erishilgan; 
“Blended learning”, “Three-stage training”, “The wheel of logical reasoning” innovatsion texnologiyalarining samarali imkoniyatlaridan hamda “NanoCAD”, “Discreet 3DS Max”, “Animation Master” dasturlaridan foydalanishga oid tavsiyalar va ishlanmalar kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” fanining mobil dasturi, “Texnologiya ta’limi praktikumi” fani elektron o‘quv qo‘llanma dasturi va “Servis xizmati” fani elektron o‘quv qo‘llanma dasturi, “Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar” fanining dasturlashtirilgan elektron o‘quv-metodik majmua dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, “Materialshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-166 raqamli guvohnoma). Natijada, dasturiy ta’minot asosida talabalarning kasbiy-pedagogik kompetentligiga oid  (kreativ, intelektual, axborot bilan ishlash) kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha xulosalar chiqarish imkoniyati yaratilgan;
5112100-Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining innovatsion yondashuvlar asosida kasbiy faoliyatidagi kreativligini rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish, tikuvchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga oid ishlab chiqilgan dasturiy ta’lim vositalari, o‘quv jarayonida foydalanishga doir takliflar “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 648-son buyrug‘i, 522-069 raqamli guvohnoma). Natijada talabalarning tikuvchilik kreativligini rivojlantirish va ularning innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish