Mavlyanov Umid Nasriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Faxruddin Ali Safiyning ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-axloqiy qarashlari», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal235.
Ilmiy rahbar: Jakbarov Muhammadjon, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Faxruddin Ali Safiyning shaxs-jamiyat-davlat munosabatlarida bilim va e’tiqod uyg‘unligini ta’minlash, murosa madaniyatini shakllantirishga oid ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy qarashlarining zamonaviy shaxs shakllanishidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIV-XVI asrlar islom falsafasi, ob’ektiv idealizmga asoslangan tasavvufning irfoniy konsepsiyasi – izchil ob’ektiv monistik ta’limotga asoslangan Faxruddin Ali Safiyning asarlari davr dunyoviy fanlari, shar’iy ilmlari, kalom va tasavvuf ta’limotlarini o‘rganishda birlamchi, ishonchli ilmiy manba ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan;
Ali Safiyning Vojib-ul–vujud (Alloh borlig‘i) bilan Mumkin-ul vujud (Olam borlig‘i) ta’limoti sabab va oqibat dialektikasini namoyon etishi, Alloh va orif borliqlarining mohiyatiy birligi fayz, sudur – emanatsiya tarzida ro‘y berishiga oid qarashlari kalom falsafasi va tasavvuf ta’limotining panteizm g‘oyasi bilan mutanosibligi mantiqiy asoslangan;
Olamni bilish to‘g‘risidagi Ali Safiy gnoseologik qarashlarida bilishning teosofik, irratsional usullari hamda ratsionalizm usullaridan unumli foydalangani, skeptisizm va agnostisizmga qarshiligi, shar’iy ilmlar, «ilmi hol» (tasavvufiy-mistik) hamda dunyoviy fanlar («yunonlar ilmi»)ning mutanosibligini ta’minlashga erishgani ilmiy asoslangan;
Ali Safiyning jamiyat va shaxs munosabatlarida murosaga erishish, din va tasavvuf vakillari ijtimoiy faol bo‘lishlari haqidagi, iroda erkinligi to‘g‘risidagi, ma’naviyat, ma’rifat, olim va orif haqidagi axloqiy ta’limoti hamda amaliy axloqqa oid prinsiplari, shuningdek, ijtimoiy-axloqiy qarashlari yaxlit, izchil va muntazam tarzda tahlil qilinishi orqali ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimidagi hal qiluvchi o‘rni, zamonaviy barkamol avlodni shakllantirishdagi ijobiy ahamiyati ilmiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Faxruddin Ali Safiyning ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-axloqiy qarashlarining mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘rta asr islom falsafasi, ob’ektiv idealizmga asoslangan tasavvufning irfoniy konsepsiyasi – izchil ob’ektiv monistik ta’limotga asoslangan Faxruddin Ali Safiyning asarlari o‘z davri dunyoviy fanlari, shar’iy ilmlari, kalom va tasavvuf ta’limotlarini o‘rganishda birlamchi, ishonchli ilmiy manba ekanligiga oid xulosalardan «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan jamoatchilik muhokamalari va jamoatchilik muloqoti tadbirlarini o‘tkazish hamda yakunlari bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan («Yuksalish» umummilliy harakatining 2021 yil 11 iyundagi 729/21-son ma’lumotnomasi). Natijada harakat tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar mazmun-mohiyati va sifati yaxshilanishiga erishilgan;
Ali Safiyning Vojib-ul–vujud (Alloh borlig‘i) bilan Mumkin-ul vujud (Olam borlig‘i) ta’limoti sabab va oqibat dialektikasini namoyon etishi, Alloh va orif borliqlarining mohiyatiy birligi fayz, sudur – emanatsiya tarzida ro‘y berishiga oid qarashlari kalom falsafasi va tasavvuf ta’limotining panteizm g‘oyasi bilan mutanosibligiga oid g‘oyalardan A-1-149 raqamli “O‘zbekiston falsafasi tarixi (uch tomlik, o‘zbek tilida) asarining II tomini tayyorlash va nashrdan chiqarish” mavzusidagi grant loyihasini bajarishda hamda Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi «Xayrli kun» ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 08 iyundagi 01-01/183-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalaridan grant loyihasida foydalanilgani natijasida II tomning temuriylar davri falsafiy tafakkuriga oid ishonchli dalillar bilan bayon etilishiga xizmat qilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi efirga uzatgan «Xayrli kun» ko‘rsatuvining mazmuni ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
Olamni bilish to‘g‘risidagi Ali Safiy gnoseologik qarashlarida bilishning teosofik, irratsional usullari hamda ratsionalizm usullaridan unumli foydalangani, skeptisizm va agnostisizmga qarshiligi, shar’iy ilmlar, «ilmi hol» (tasavvufiy-mistik) hamda dunyoviy fanlar («yunonlar ilmi»)ning mutanosibligini ta’minlashga erishganiga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi 2019-2020 yillarda o‘tqazilgan targ‘ibot tadbirlari rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2021 yil 2 apreldagi 04-13/624-son dalolatnomasi). Natijada, o‘tkazilgan tadbirlarning mazmun-mohiyati, sifati yaxshilanishi va boyishiga erishilgan, alloma merosi haqidagi bilimlarning keng xalq ommasi orasida yoyilishiga xizmat qilgan.
Ali Safiyning jamiyat va shaxs munosabatlarida murosaga erishish, din va tasavvuf vakillari ijtimoiy faol bo‘lishlari haqidagi, iroda erkinligi to‘g‘risidagi, ma’naviyat, ma’rifat, olim va orif haqidagi axloqiy ta’limoti hamda amaliy axloqqa oid prinsiplarining zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimidagi ahamiyatiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi faoliyati davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2021 yil 6 apreldagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni» mavzusidagi xalqaro videokonferensiyada taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan.