Qodirov Baxtiyor Eshmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektron axborot ta’lim muhitida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi)». 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1105.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini elektron axborot ta’lim muhitida rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik ta’lim jarayonida psixomotorik ta’sir ko‘rsatish omillariga (motivatsion, amaliy, faoliyatli) ustuvorlik berish hamda mashg‘ulotlarni tashkil etishning metodik ta’minoti va elektron dasturiy vositalaridan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik modelning maqsadli, jarayonli va natijaviy bloklari tarkibining texnik ob’ekt va texnologik jarayonlarga mosligi aniqlashtirilgan hamda elektron axborot ta’lim muhitida o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
texnologiya fanidan o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning innovatsion metodlari (SMART, SMART-portfolio) va “Technology crafts” Web-sayt texnologiyasini effektiv jihatdan samarali qo‘llash hamda algoritmik xaritani uch bosqichda tuzish asosida tadbiq etish mexanizmlari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning elektron axborot ta’lim muhitida hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasi nostandart topshiriq (testlar, boshqotirmalar, buyumlarning texnologik xaritalari, video topshiriq va h.k.)lar asosida baholangan hamda reproduktiv, produktiv va kreativ mezonlar asosida natijalar aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron axborot ta’lim muhitida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
texnologik ta’lim jarayonida psixomotorik ta’sir ko‘rsatish omillariga (motivatsion, amaliy, faoliyatli) ustuvorlik berish xamda jarayonni tashkil etishning metodik ta’minoti va elektron dasturiy vositalaridan samarali foydalanishda o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini takomillashtirishga oid takliflar ta’lim tizimida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining DTSlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5574-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar «Texnologiya» fani mazmunini modernizatsiyalash jarayonida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan;
o‘quvchilarda hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishda didaktik modelning maqsadli, jarayonli va natijaviy bloklari tarkibini texnik ob’ekt va texnologik jarayonlarga mosligini aniqlashtirish hamda elektron axborot ta’lim muhitida ta’lim berish metodikasini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan. Texnologiya fani o‘quv mashg‘ulotlarida innovatsion metodlar (SMART, SMART-portfolio) va “Technology crafts” Web-sayt texnologiyalarini intensiv va effektiv jihatdan samarali qo‘llash hamda algoritmik xaritani uch bosqichda tuzish asosida tadbiq etish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tavsiyalardan PZ-2014-0912150534-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” (2015-2018 yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5574-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuv va natijalar o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning sifat va samaradorligini ta’minlagan;
o‘quvchilarning elektron axborot ta’lim muhitida hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalari rivojlanganlik darajasini nostandart topshiriq (testlar, boshqotirmalar, buyumlarning texnologik xaritalari, video topshiriq va h.k.)lar asosida baholash hamda reproduktiv, produktiv va kreativ baholash mezonlarini aniqlashtirishga oid tavsiyalardan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli «Oliy ta’lim sohasidagi potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat va tenglikni ta’minlash» (2016-2019 yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5574-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Texnologiya» fanini o‘qitish va elektron axborot ta’lim muhitida o‘quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi samaradorligining ortishiga erishilgan.