Begimov Odil To‘xtamishovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy O‘zbekiston oronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Fil187.
Ilmiy maslahatchi: Jabborov Xo‘jamurod Jabborovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamiddulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Husanov Nishonboy Abdisattorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Janubiy O‘zbekiston materiallari asosida oronimikaning nazariy masalalarini ochib berish, orografik ob’ektlarning nomlanish tamoyillarini, oronimlarning lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oronimlarning xalq tarixi, madaniyati, ijtimoiy munosabatlarini ko‘rsatuvchi lisoniy birlik sifatidagi fonetik, leksik, semantik va etimologik xususiyatlari ochib berilgan;
oronimlarning yuzaga kelishida nisbiylik, pozitivlik, nisbiy negativlik tamoyillarining mavjudligi kognitiv va leksikografik tahlil asosida aniqlangan;
oronimlarning shakllanishida shaxs omilining tutgan antropotsentrik o‘rni va konseptual, lingvokognitiv, lingvomadaniy ahamiyati aniqlangan;
oronimlar uchun motiv hisoblangan va lug‘aviy asos qilib olingan tabiiy-geografik, tarixiy-ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy va madaniy belgi-xususiyatlar va harakat-holat tushunchalari mavjud materiallar asosida dalillangan;
o‘rganilayotgan hudud oronimiyasining boshqa areallar bilan tabiiy-geografik xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi muhim lisoniy manba sifatidagi umumiy, qadimiyligi, tabiiyligi, turg‘unligi va yashovchanligi haqida ma’lumot beruvchi xususiy jihatlari lug‘aviy materiallar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy O‘zbekiston oronimlarining tarixiy-lisoniy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston xalqi madaniyati va ma’naviyatiga ta’sir etgan omillar xususida keltirilgan materiallardan milliy ma’naviy merosga munosabat, madaniyat, qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi, fol`klor etnografik an’analarga yondashuv masalalariga oid tahliliy ma’lumotlarni ishlab chiqish; madaniy sohaga doir atamalar lug‘atida madaniyat, ma’naviyat, madaniy meros, qadriyat, milliy madaniyat kabi masalalarni izohlashda 2007 - 2011 yillarda bajarilgan OT-F8-211 raqamli “XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi” nomli fundamental ilmiy tadqiqot doirasidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 31 iyundagi 83-03-2340-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqning milliy, etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixini hamda tilning tarixiy taraqqiyotini yoritish masalalariga oid tahliliy ma’lumotlar takomillashtirilgan;
milliy ma’naviy merosga munosabat, madaniyat, qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi, fol`klor etnografik an’analarga yondashuv masalalariga oid tahliliy ma’lumotlarni ishlab chiqish, madaniy sohaga doir atamalar lug‘atida madaniyat, ma’naviyat, madaniy meros, qadriyat, milliy madaniyat kabi masalalarni izohlashda 2007 – 2011 yillarda bajarilgan OT-F8-002 raqamli “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 yanvardagi 89-03-498-son ma’lumotnomasi). Natijada, insonning tabiati va ma’naviy dunyosining mahsuli sifatida tilning nominativ, kommunikativ, akkumulyativ funksiyalari mohiyatini aks ettirishdagi ahamiyati mukammalashtirilgan;
oronimlar uchun motiv hisoblangan va lug‘aviy asos qilib olingan tabiiy-geografik, tarixiy-ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy va madaniy belgi-xususiyatlar va harakat-holat tushunchalari mavjud materiallar asosida dalillanishiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Fayzli kun”, “Diyor yangiliklari” axborot dasturlarida, shuningdek, til va toponimiyaga oid ko‘rsatuvlarda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 2 fevraldagi 66-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitilgan.