Achilov Anvar Tuychievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Buyuk ipak yo‘lida xizmat ko‘rsatish tizimi (O‘rta Osiyo misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.1.PhD/Tar.301.
Ilmiy rahbar: Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdusobir Azzamovich, tarix fanlari doktori; Otaxujaev Azamxuja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buyuk ipak yo‘lida xizmat ko‘rsatish tizimi tarixini O‘rta Osiyoning karvon yo‘llari misolida mil. avv. II-mil. XV asrlar davrida ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Buyuk ipak yo‘lida xizmat ko‘rsatish tizimining shakllanishi va rivojlanishi masalasi keng tarixiy davr (mil. avv. II – mil. XV asr)  asosida ushbu yo‘lni o‘z davrida nazorat qilib borgan tarixiy o‘lkalar – Parfiya, Marg‘iyona, Xorazm, Davan, Qang‘, Baqtriya, So‘g‘diyona va sulolalar – Turk hoqonligi, Arab xalifaligi, Mug‘ullar, Amir Temur va temuriylar davri misolida bosqichma-bosqich ochib berilgan; 
mazkur yo‘lda xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish hamda boshqarishda markaziy va mahalliy hukumatlarning, yirik ma’muriy va savdo markazlari bo‘lgan shaharlarning ahamiyati, tizim faoliyatining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari yozma va arxeologik manbalarni jalb etgan holda savdo-sotiq va tranzit aloqalar rivojidagi ahamiyati qiyosiy-tarixiy hamda davriy izchillikda ko‘rsatib berilgan; 
Buyuk ipak yo‘lining O‘rta Osiyo orqali o‘tgan yo‘nalishlarida ulov vositalarining yuk tashish va tegishli xizmatlar ko‘rsatishda tutgan o‘rni, karvonsaroylar, sardobalar, ko‘priklar va boshqa yo‘lbo‘yi inshootlarining ushbu yo‘ldagi xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatida tutgan karvonlar tarkibidagi elchilar, davlat mulozimlari, choparlar, savdo karvonlari va yo‘lovchilarning hordiq chiqarishi, tuya va otlarga dam berish, cho‘l mintaqalarida karvonni doimiy ravishda suv bilan ta’minlab turish, daryolardan o‘tishda qulaylik va xavfsizlik yaratish kabi ahamiyati tarixiy dalillar asosida ochib berilgan; 
Ipak yo‘lida xavfsizlikni ta’minlash va pochta xizmatini tashkil etish kabi muhim strategik ahamiyatga ega tog‘li va cho‘lli hududlardagi qaroqchilar, turli xil yovvoyi va zaharli hayvonlar hujumi, xat va xabarlarni o‘z vaqtida, talofatsiz etkazib berish kabi muammolar arxeologik va yozma manbalar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buyuk ipak yo‘lida xizmat ko‘rsatish tizimi tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan: 
ulov-transport vositalari turlari va ulardan foydalanish, karvon yo‘llari infratuzilmalari, yo‘lbo‘yi inshootlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy vazifasiga oid nazariy xulosalardan 2017-2018 yillarda Qarshi davlat universitetida bajarilgan “Eramus+” (Tempus) dasturining 574253-EPP-1-2016-DE-EPPKA2-CBHE-JP “O‘zbekistonda o‘rta yoshdagi odamlarni kasbiy ta’lim va o‘qitish markazlari tarmog‘ida universitet tayanch hamkor sifatida” mavzusidagi “MAGNET: xalqaro loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-2478-son ma’lumotnomasi). Natijalar ulov-transport vositalari turlari va ulardan foydalanish, yo‘lbo‘yi inshootlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy vazifasiga oid xulosalarni oydinlashtirish imkonini bergan;
O‘zbekiston hududida saqlanib qolgan karvonsaroylar, sardobalar, ko‘priklar va boshqa yo‘lbo‘yi inshootlarining Buyuk ipak yo‘lida xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatida tutgan o‘rni haqidagi ilmiy xulosalardan 49-05\85 raqamli “Qashqadaryoning turistik salohiyati-global tarmoqda” mavzusidagi innovatsiya loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8-iyuldagi 89-03-2478-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘l bo‘yi inshootlarining, infratuzilmalarning Buyuk ipak yo‘lida xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatida tutgan o‘rni haqidagi masalalarni yoritish imkonini bergan;
Buyuk ipak yo‘lining O‘rta Osiyodagi asosiy yo‘nalishlari va ularda xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish va boshqarishning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqidagi ilmiy xulosalardan “O`zbekiston tarixi” telekanalida 2020 yilning avgust oyida efirga uzatilgan “O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lida” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2020 yil 12 oktyabrdagi 02-40-951-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yo‘lda xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish va boshqarish xususiyatlari haqidagi masalalar ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish