Raxmanova Umida Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xelator terapiya qabul qilayotgan β-talassemiya bemorlarda klinik-immunologik jixatlarini o‘rganish» 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya hamda 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1PhD/Tib712
Ilmiy rahbarlar: Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Shamsutdinova Maksuda Ilyasovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori; Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: β-talasemiya bilan og‘rigan bemorlarda klinik -gematologik va immunologik jixatlarini, hamda xelator terapiya qabul qilayotgan bemorlarda, immunitet holatini va temir ortiqcha to‘planishini o‘zaro bog‘likligini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
β-talassemiya bilan xastalangan bemorlarda xujayraviy (CD3+-, CD4+-, CD8+-, CD16+-) immuniteti va gemosideroz ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘likligi aniklangan;
β - talassemiya bilan og‘rigan bemorlarda ilk bor T-limfotsitlar darajasining etishmasligi va uning subpopulyasion tarkibining nomutanosibligi (CD4+- hujayralar soni kamayishi, CD8+- ko‘payishi), tug‘ma immunitet ko‘rsatkichi CD16+ hujayralari darajasi oshganligi aniqlangan;
ilk bor β-talassemiya bilan og‘rigan bemorlarda IL-18 darajasi keskin (8,7 marta) oshganligi aniqlangan;
xelator terapiyaning uzoq muddatli ishlatilishi immun tizim ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ularning turli infeksiyalarga sezuvchanligini kamaytirishga yordam berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda gematologik bemorlarda turli diagnostik usullar va differensiyalashgan terapiya usullaridan foydalanishning ilmiy natijalari asosida:
xelator terapiyasini qabul kilayotgan β-talassemiya bilan og‘rigan bemorlarda immun holatini aniqlash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Xelator terapiyasini qabul kilayotgan β-talassemiya bilan og‘rigan bemorlarda immun holatini aniqlash usullari" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 19 martdagi 8n-d/104--son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xelator terapiyasini qabul kilayotgan β-talassemiya bilan og‘rigan bemorlar periferik qonida xujayra va gumoral immunitet ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali kasallik kechishini bashorat qilish va erta tashhislashni muqobillashtirish imkonini bergan;
xelator terapiyasini qabul qilayotgan β-talassemiya bilan og‘rigan bemorlar uchun terapevtik va diagnostik algoritmini tuzish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Xelator terapiyasini qabul qilayotgan β-talassemiya bilan og‘rigan bemorlar uchun terapevtik va diagnostik algoritm" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2021 yil 19 martdagi 8n-d/104--son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xelator terapiyasini qabul kilayotgan β-talassemiya bilan og‘rigan bemorlarda kasalliklarini oldini olish va nazorat qilish orqali o‘lim xavfini kamaytirish, yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida β-talassemiya bilan kasallangan bemorlar periferik qonida xujayraviy va gumoral immunitet ko‘rsatkichlari, xelator terapiya samaradorligi va uning ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi hamda Kashkadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 06 iyuldagi 08-09/7636-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kasallikni erta bashoratlash va davolashga individual yondoshish, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish, shuningdek, shifoxonada bo‘lish muddatlarini qiskartirishga hamda β-talassemiya bemorlarning davlat byudjet vositalarini iqtisodiy tejash bilan davolash tannarxini pasaytirish imkonini bergan.