Tangirova Nodira Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy O‘zbekiston tovuqsimonlari (Galliformes) ning gel`mintlar faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B365.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Safarova Feruza Ergashevna, biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston sharoitida uy parrandalari va yovvoyi tovuqsimonlar endoparazitlarining tur tarkibi, keng tarqalgan dominant turlarining ekologiyasi va rivojlanish sikllarini o‘rganish hamda gel`mintozlarga qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy O‘zbekiston hududida uy parrandalari va yovvoyi tovuqsimonlar gelmintlarining 3 sinfga mansub 40 turi aniqlangan va 20 turi o‘rganilgan hudud faunasi uchun yangi tur sifatida qayd etilgan;
identifikatsiya qilingan gel`mintlarning taksonomik tarkibi aniqlangan va ular sestodalar (12 tur), trematodalar (9 tur), nematodalar (19 tur) sinflariga mansubligi qayd etilgan;
keng tarqalgan parazit trematodalar, sestodalar va nematodalarning ayrim turlarining ekologiyasi va rivojlanish sikllari tahlil qilingan;
Janubiy O‘zbekiston biotsenozlarida tovuqsimon qushlar gel`mintlarining o‘zaro almashinish xususiyatlari asoslangan;
tovuqsimonlar endoparazitlariga qarshi kurash chora-tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy O‘zbekiston tovuqsimonlarining (Galliformes) gel`mintlar faunasi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uy parrandalari bilan yovvoyi tovuqsimonlar orasida gel`mintlarning almashinish qonuniyatlariga oid ilmiy natijalar hamda parrandalarning xavfli gel`mintlarining oldini olish va davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Surxondaryo viloyati tumanlaridagi parrandachilik fabrikalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 23 noyabrdagi 02/23-385-son ma’lumotnomasi). Natijada, parrandalarning askaridioz va geterakidoz kasalliklari bilan zararlanishining oldi olinib, umumiy kasallanish 20-25% gacha pasaytirilishi hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
tovuqsimonlar gel`mintozlarining oldini olish va profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Surxondaryo viloyati ovchilik va baliqchilik jamiyati, Surxon davlat qo‘riqxonasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 11 yanvardagi 02–02/8–128-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning Janubiy hududlaridagi yovvoyi qushlar va uy parrandalari uchun umumiy bo‘lgan gel`mintlarning 23 ta turi aniqlangan, shuningdek, Surxon davlat qo‘riqxonasi hududidagi hayvonlarni turli xil gel`mintozlardan saqlash orqali ushbu hududlarning ekologik holatini barqarorlashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish