Shodiev Jahongir Jo‘raqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umar Xayyom ma’naviy merosining falsafiy tahlili», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal414. 
Ilmiy rahbar: Huseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponetlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qobulniyozova Gulchexra Toshpo‘latovna, falsafa fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Umar Xayyom ta’limotidagi ontologik, gnoseologik va axloqiy g‘oyalarning mohiyatini ochib berish hamda bugungi davr yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mutafakkirning dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan gumanistik (insonparvarlik, hurfikrlilik, bag‘rikenglik) g‘oyalarining yoshlarni ilm olish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hamda barkamollik ruhida tarbiyalashning permanent ahamiyati falsafiy jihatdan ochib berilgan;
Umar Xayyom ijodiga ilmiy-falsafiy va ma’naviy-mafkuraviy jihatdan yondashib, ma’naviy-axloqiy qarashlarining yoshlarda g‘oyaviy-tarbiyaviy immunitetni shakllantirishdagi ahamiyatini aniqlash asosida insonning mutlaq barkamollikka erishish g‘oyasi, tasavvufdagi «aqli kull» tushunchasiga hamohangligi irfoniy nuqtai-nazardan asoslangan;
“Risola fil-vujud” asaridagi axloqiy ideal g‘oyasining asl mohiyati (oilada sog‘lom muhitni, yoshlarni hayotga tayyorlashda ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va barkamol etib tarbiyalashda dunyoviy va diniy ilmni uyg‘unligini ta’minlash) borliqni ruhdan, aqldan ash’yoviy borliqqa qarab, so‘ngra esa moddiylikdan inson ruhi, aqliga qarab borishining emanatsion nazariyaga asoslanishi dalillangan;
“Navro‘znoma” asari va ruboiylaridagi “may” tushunchasi “sharob”, “boda”, “hamr”, “chog‘ir”, “roh”, “mul”, “mudom”, “sahbo” so‘zlari yordamida ifoda etilganligi, uning ruhiy va zaminiy muhabbatga aloqadorligi eksplikatsiya nuqtai nazardan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umar Xayyom ma’naviy merosining falsafiy mohiyatini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
mutafakkirning dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan gumanistik (insonparvarlik, hurfikrlilik, bag‘rikenglik) g‘oyalarining yoshlarni ilm olish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hamda barkamollik ruhida tarbiyalashga oid xulosalari va yangiliklaridan “Falsafa”, “Dinshunoslik” fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni takomillashtirish va o‘qitishda, “Istiqbolli avlod” markazlari faoliyatini tashkil etishdagi “Dunyo yoshlar nigohida” grant loyihasida, 84-10/1401 raqamli “AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 67-12/168 raqamli “Navqiron Buxoro” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 89-06-199-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan Falsafa va Dinshunoslik kabi fanlar mazmunini takomillashtirish hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksalishi, mafkuraviy immuniteti va falsafiy mushohadasining shakllanishiga erishilgan;
Umar Xayyom ijodiga ilmiy-falsafiy va ma’naviy-mafkuraviy jihatdan yondashib, ma’naviy-axloqiy qarashlarining yoshlarda g‘oyaviy-tarbiyaviy immunitetni shakllantirishdagi ahamiyatini aniqlash asosida, insonning mutlaq barkamollikka erishish g‘oyasi, tasavvufdagi «aqli kull» tushunchasiga hamohangligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror dasturining 7 bob, 29-bandida hamda ta’lim muasasalarida o‘qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish “Yurtim tarixini o‘rganaman” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ssenariylarini tayyorlashda 8 bob, 31-band “Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!” shiori ostida turkum chora-tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror dasturining 1 bob, 2-band “Oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” vazifalarining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 24 iyuldagi 02/07-660-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy tarbiyada Sharq mutafakkirlarining qarashlarini keng jamoatchilik orasida targ‘ibotini olib borish ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
“Risola fil-vujud” asaridagi axloqiy ideal g‘oyasining asl mohiyati (oilada sog‘lom muhitni, yoshlarni hayotga tayyorlashda ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va barkamol etib tarbiyalashda dunyoviy va diniy ilmni uyg‘unligini ta’minlash) borliqni ruhdan, aqldan ash’yoviy borliqqa qarab, so‘ngra esa moddiylikdan inson ruhi, aqliga qarab borishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining jamoatchilikni kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha metodik o‘qishlarida, kataloglar, al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 07 yanvardagi 02/08-son ma’lumotnomasi). Natijada, Umar Xayyom ma’naviy merosining o‘ziga xos xususiyatlari, falsafiy, axloqiy qarashlarini yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda tahlil etishga xizmat qilgan;
“Navro‘znoma” asari va ruboiylaridagi “may” tushunchasi “sharob”, “boda”, “hamr”, “chog‘ir”, “roh”, “mul”, “mudom”, “sahbo” so‘zlari yordamida ifoda etilganligi, uning ruhiy va zaminiy muhabbatga aloqadorligiga doir g‘oyalari va yangiliklaridan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek”, “Til-millat ko‘zgusi” kabi ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 9 iyundagi 1/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, Umar Xayyom ma’naviy merosining yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, barkamol, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda dissertatsiya ilmiy xulosalari teletomoshabinlar ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish