Shertaylaqov G‘ayrat Muradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabda fizikadan nostandart laboratoriya ishlarini bajarishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped665.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxodir Xudoyberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Mirzaxmad Qurbonov, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabda fizikadan nostandart laboratoriya ishlarini bajarishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirish mazmuni va o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nostandart laboratoriya ishlarini bajarishda fizika o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligining (faoliyatli, innovatsion, nostandart laboratoriya ishlarini bajarish) tashkiliy–tuzilmaviy komponentlarini takomillash-tirishning didaktik imkoniyatlari fizika fanini amaliyotga yo‘naltirib o‘qitishda imitatsion texnologiyalar (debat, trening va to‘garak mashg‘ulotlari)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirishda fizikadan nostandart laboratoriya ishlarini bajarish kompetensiyalari tadqiqotchining o‘quv va metodik qo‘llanmalari asosida (fizika faniga motivatsiya hosil qildirish, o‘quvchi faoliyatini kreativ rivojlantirishga imkon beruvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, fizika o‘qitishda qo‘shimcha nostandart laboratoriya ishlarini bajarish) rivojlantirilgan;
fizikadan nostandart laboratoriya ishlarini bajarishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirish tizimli-funksional modelining tash-kiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning kolloborativ (guruhiy munozaralar, hamkorlikda o‘rganish, individual, guruhlarga bo‘linib nostandart laboratoriya ishlarini bajarish), kognitiv, fizika o‘qitish faoliyatiga shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (fizika faniga qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatni qaror toptirish asosida aniqlangan;
fizikadan nostandart laboratoriya ishlarini bajarishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan psixologik, pedagogik, kreativ, didaktik, texnologik, integrativ topshiriqlarni bajarish metodlarini (variantlarni tanlash va ularni modellashtirish) qo‘llash, interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va didaktik vositalar (muammoli laboratoriya ishi va nostandart laboratoriya ishlarini bajarish) asosida rivojlantirishga oid tajriba-sinov natijalari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida fizikadan nostandart laboratoriya ishlarini bajarishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fizikadan nostandart laboratoriya ishlarini bajarishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirish, tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning o‘quv–metodik ta’minoti, o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatini yaratuvchi fizik bilimlarni rivojlantirishning interfaol texnologiyasiga oid taklif va tavsiyalardan “Maktabda fizikadan nostandart laboratoriya ishlarini bajarishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirish metodikasi” nomli o‘quv-metodik qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 dekabrdagi 89-03-4676-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv- metodik qo‘llanma umumta’lim maktab o‘quvchilarida kreativ faoliyatni rivojlantirishga erishilgan;
o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirishning psixologik-pedagogik aspektlari va fizika faniga oid kompetensiyalar fizikadan nostandart laboratoriya ishlarini bajarishda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tadqiqotchi tomonidan “O‘lchashlarning fizikaviy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-t-065 raqamli guvohnomasi). Natijada, fizikadan nostandart labortoriya ishlarini bajarish orqali o‘quvchi kreativ faoliyati rivojlantirilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish