Toshtemirova Saodat Abdurashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klaster yondashuvi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1086.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Rahim Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Shadiev Rashid, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klaster yondashuvi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, baholash hamda mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klaster yondashuvi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning pedagogik komponentlari (ta’lim sifatini baholash mezonlari va aniqlash indikatorlari, o‘quvchi kompetentlik darajasi, o‘qituvchining innovatsion faoliyati) hamda sifatga ta’sir qiluvchi omillar (ta’limni boshqarish, sifat menejmenti, ta’lim mazmuni, ob’ekt va sub’ekt munosabati, texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy) davlat ta’lim standartlari va buyurtmachilar talablarini integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
ta’lim turlarining o‘zaro bog‘liq tarkibiy bo‘limlari (gorizontal, vertikal) va o‘ziga xos integral belgilari (ijro, nazorat, natija)dan iborat ta’lim sifatini oshirishga mo‘ljallangan innovatsion klaster tuzilmasi modellashtirish tamoyillari (normativlik, izchillik, universallik) asosida ishlab chiqilgan;
klaster yondashuvi asosida umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari integratsion muhit tamoyillari (tizimlilik, barqarorlik, sinergetik, moslashuvchanlik)ga asoslangan mobil harakatli tezkor aloqa, hududiy yaxlitlik hamda “maktab-laboratoriya” maydonchalari-ning imkoniyatlari (metodik, didaktik, texnologik, motivatsion)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
uzluksiz ta’lim tizimida sifatli kadrga bo‘lgan ehtiyojni ta’lim klasteri sharoitida tizimlararo manfaatdorlik tamoyillari (maqsad umumiyligi, manfaatlar xususiyligi)ga ko‘ra ta’minlashning uzviylik va uzluksizlikka asoslangan pedagogik mexanizmlari nazariy va amaliy faoliyat uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. klaster yondashuvi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalar asosida:
ta’lim sifatini oshirishning pedagogik komponentlarini aniqlashtirish, ta’lim sifatini ta’minlash tamoyil va mezonlarini takomillashtirish, jahon talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda ta’lim turlari va mazmuni integratsiyasini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy metodik taklif va tavsiyalardan PZ-2017927124 “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 89-03-2833-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari sifati samaradorligini oshirishga erishilgan;
ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan texnologiyalar, o‘quvchilar iqtidorini rivojlantirishning pedagogik tizimi va qobiliyat darajasini aniqlash hamda rivojlantirish mexanizmlari, hamkorlik tamoyillari asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan ITD-1-148 “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4397-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalari hamkorligini tashkil qilish mexanizmlari hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi takomillashtirilgan;
uzluksiz ta’lim tizimida sifatli kadrga bo‘lgan ijtimoiy buyurtmani o‘quvchining iqtidoriga ko‘ra to‘g‘ri kasbga yo‘naltirish vazifalari va mexanizmlariga oid takliflar asosida ishlab chiqilgan “O‘quvchilarni iqtidorini aniqlash bo‘yicha test” elektron dasturidan ta’lim klasteri sharoitida o‘quvchilar iqtidorini aniqlash va uni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4397-son ma’lumotnomasi). Natijada, klaster yondashuvi asosida umumta’lim maktablari iqtidorli o‘quvchilar kompetentlik darajasining oshishiga erishilgan;
ta’limni modernizatsiyalashda yangicha yondashuvlarni tatbiq qilishning zarurati, integratsion jarayonlarni kuchaytirishda klaster modelining ahamiyati, umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar, ta’lim klasteri sharoitida umumiy o‘rta ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalardan O‘zMTRK “Madaniy-ma’rifiy, badiiy eshittirishlar muharriyatining “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishini (“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2019 yil 19 iyundagi O’z IR-1-118-son ma’lumotnomasi) hamda O‘zbekiston tarixi telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2021 yil 15 iyundagi 02-40-1007-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududiy ta’lim klasteri modelini amalga oshirish mexanizmlari va hamkorlik tamoyillari borasidagi nazariy xulosalar ta’lim muassasalarining ilmiy va metodik ta’minotini kuchaytirishga xizmat qilgan.