Dadam`yans Nataliya Gamletovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shoshilinch tibbiy yordam sharoitida miyadagi o‘tkir qon aylanishi bo‘zilishining neyrovizualizatsiyaviy va gemodinamik mezonlari», 14.00.19–Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib92.
Ilmiy maslahatchi: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Arzamasseva Galina Ivanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjibekov Marat Xudoykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Djanelidze I.I. nomidagi Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik insul`tning kechishini kasallikning eng o‘tkir davrida neyrovizualizatsiya va gemodinamika patternlariga ko‘ra prognozlashning nur tashxisi usullarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KT tekshiruvlari ma’lumotlarining tahliliga asoslanib ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida kechishini prognozlash mezonlari aniqlangan;
transkranial dopplerografiya natijalari va aterosklerotik pilikchalarning «ul`tratovushli morfologiyasi»ni o‘rganish orqali nostabil aterosklerotik pilikchalar mavjudligida o‘rta miya arteriyasida 2,4 marotaba ko‘proq mikroembolik signallar qayd qilinishi ko‘rsatilgan;
o‘rta miya arteriyasidagi qon oqimining maksimal tezligi 40 sm/s dan pasayishi Gosling indeksining 1,26 dan ortiq ko‘tarilishi bilan birga kelganda insul`tning o‘ta o‘tkir davrining og‘ir kechishi prediktori ekanligi isbotlangan;
otilish fraksiyasining 45% dan kamayishi, yurak ichida trombotik massalarning mavjudligi hamda miokradning gipo-va akinezi insul`tning kardioembolik turi ekanligi aniqlangan;
ichki uyqu arteriyasi o‘tkir va surunkali okklyuziyalarining ul`tratovushli mezonlari taklif etilgan hamda okklyuziya xarakteri bilan insul`tning oqibati orasidagi haqqoniy bog‘liqlik aniqlangan;
IIning kechishi o‘rta uyqu arteriyasining gemodinamikasi xarakteri va o‘ta erta davrdagi serebrovaskulyar rezerv ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi, jumladan overshut koeffisientining 1,14 dan pastligi serebrovaskulyar rezervning dekompensatsiyalashganligi belgisi ekanligi ko‘rsatilgan;
bemorlarni trombolizis uchun puxta tanlab olish imkonini beruvchi nur tashxisi mezonlari ishlab chiqilgan;
yurak patologiyasi, xususan emboliyaning potensial manbalari miyaning o‘rta arteriyalari bo‘ylab gemodinamika oqimlari va bosh miyadagi ishemiya o‘chog‘ining o‘lchamlari bilan korrelyasiyalanmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ishemik insul`tlarni tashxislashni va davolashni takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida reperfuzion terapiyaning oqilona turini tanlashga va uning samaradorligini baholashga yangi yondashuvlar ishlab chiqildi. Olingan natijalar kasalxona bosqichini muvofiqlashtirish, tomirlarni invaziv vizualizatsiyalash usullarining qo‘llanish darajasini 1,7 barobar qisqartirish, dupleksli skanerlash va transkranial doplerografiya natijalarini hisobga olgan holda trombolizisga ko‘rsatmalarni puxta aniqlashtirish hamda bemorlarning kasalxonada yotish muddatlarini bir sutkaga qisqartirish imkonini bergan;
“Okklyuzion-stenotik shikastlanishlar sababli yuzaga kelgan bosh miya qon aylanishining buzilishlarida diagnostika va revaskulyarizatsiya operatsiyalarining usullari” mavzusidagi metodik tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq qilingan;.
Ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida diagnostik tadbirlar algoritm ko‘rinishida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, RShTYoIMning Buxoro filiali qabul-diagnostik bo‘limida hamda Respublika Ichki ishlar vazirligiga qarashli harbiy gospitali faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 31 maydagi 8N-g/43-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi asoratlar sonini 6% dan 2,6% gacha kamaytirish va davolanish muddatini o‘rtacha 1,1 kunga qisqartirish imkonini bergan.