Sohibova Zarnigor Nusratilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zamonaviy o‘zbek she’riyatida yil fasllarining ramziy-timsoliy talqinlari», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil805.
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Habibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroil Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek she’riyatining Cho‘lpon, Oybek, H.Olimjon, Zulfiya, E.Vohidov, A.Oripov, R.Parfi, T.Sulaymon singari taniqli namoyandalari ijodida tabiat fasllarining badiiy talqini, ramziy-timsoliy ma’nolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va rus adabiyotshunosligida bahor floristik motivlarning muhabbat tuyg‘usi bilan uyg‘unligi, kuz faslining o‘lim ostonasiga yaqinlashuvi va tushkunlik ruhini aks ettirishi hamda qish fasli insonning keksalik davri bilan bog‘liqligi keksa ayol obrazi orqali zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi misollar asosida aniqlangan;
yil fasllari tasvirining kelib chiqishi bolalar fol`klori namunalarida, mehnat, marosim, terma qo‘shiqlar, xalq dostonlarining she’riy qismi bilan bog‘liqligi, o‘zbek mumtoz she’riyatida ifoda etilgan yil fasllari peyzaj lirikasi, lirik qahramonning ruhiy kechinmalari ramziy-timsoliy ma’noda qo‘llanilganligi lingvopoetik tahlillar asosida isbotlangan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida tabiat fasllari tasviridagi badiiy- tadrijiy jarayonning tiriklik, yoshlik, shodlik, quvonch, suyukli yor, farzand kutayotgan ona kabi timsoliy belgilari erkka tashnalik, tiriklik, yoshlik, hayot davomiyligi kabi faktik materiallar orqali aniqlangan;
yil fasllar tasviriga bag‘ishlangan she’rlarning badiiy tiliga xos tashbeh, metafora, tashxis, tamsil kabilar orqali lirik qahramonning qalb og‘riqlari, yoshlik va do‘stlar sog‘inchi, mahzunlik, yolg‘izlik tuyg‘ulari poetik asarlardagi misollar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida yil fasllarining ramziy timsoliy talqinlarini ochib berish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
yil fasllari tasvirining kelib chiqishi bolalar fol`klori namunalarida, xalq dostonlarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari ramziy-timsoliy ma’noda qo‘llanilganligi bilan bog‘liq ilmiy qarashlardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 8 fevraldagi 17.01/18-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha she’riyatda tabiat fasllari tasviridagi badiiy tadrijni yoritish, fasllarning poetik manzarasini aks ettirishda takrorlanuvchi va ko‘p qo‘llanilgan obrazlar tasnifiga doir yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
tabiat fasllari tasviridagi badiiy-tadrijiy jarayonning tiriklik, yoshlik, shodlik, quvonch, suyukli yor, farzand kutayotgan ona kabi timsoliy belgilari ilmiy xulosalardan F1-XT-19919 «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi tutgan o‘rni» mavzusida fundamental loyihada (2012-2016) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-764-son ma’lumotnomasi). Natijada yil fasllari tasvirining fol`klor, o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyatida tadrijiy takomilga erishganligi aniqlangan;
yil fasllar tasviriga bag‘ishlangan she’rlarning badiiy tiliga xos tashbeh, metafora, tashxis, tamsil kabilar orqali lirik qahramonning tuyg‘ulari poetik asarlardagi fikr va qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Adabiy muxit», «She’riyat gulshani» ko‘rsatuvlarining 2020 yil aprel` va iyun` sonidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro Viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 29 dekabrdagi 1/339-son ma’lumotnomasi). Natijada muxlislarning zamonaviy o‘zbek she’riyati haqidagi ma’lumotlarini kengaytirishga, adabiyot fondi zahirasini boyitishga erishilgan.