Sarimova Dildora Soatalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Malaka oshirish tizimida kimyo o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompetensiyalarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1671.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Elmuradov Burxon Juraevich, kimyo fanlari doktori, professor; Suyarov Kusharbay Tashbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimida kimyo o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda ta’limiy, metodik va umumilmiy kompetensiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qo‘yilgan (zamonaviylik, axborotlilik, kompetensiyaviy) talablar asosida pedagoglarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik jihatlari asoslangan;
malaka oshirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning metodik komponentlari o‘qituvchilarning faoliyatli munosabatini (sub’ektda faollik, motivatsiya, o‘zaro hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish) yaratish hamda ta’limiy komponentlar (muammoli o‘rganish, refleksiv, loyiha metodi)ni optimallashtirish modeli asosida takomillashtirilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida kimyo o‘qituvchilarining kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti (motivatsion, kognitiv, kreativ va faoliyatli-refleksiv) bosqichlariga va tamoyillari (psixologik–pedagogik, didaktik, texnologik, tashkiliy-kommunikativ)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kimyoviy jarayonlarni namoyish etish bo‘yicha ta’lim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish metodikasi muhim (ta’limiy, metodik, umumilmiy) kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida kimyo fani o‘qituvchilarini o‘qitishda kimyoviy eksperimentni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
malaka oshirish jarayonida ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qo‘yilgan (zamonaviylik, axborotlilik, kompetensiyaviy) talablar asosida pedagoglarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlarida o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 02-02/4-406-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo o‘qituvchilari kasbiy kompetentligining oshishiga erishilgan;
malaka oshirish jarayonida pedagoglar axborot kommunikativ kompetentligini shakllantirish modeli o‘qituvchilarning faoliyatli munosabatini (sub’ektda faollik, motivatsiya, o‘zaro hamkorlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish) yaratish hamda ta’limiy komponentlarni optimallashtirish asosida maxsus (kasbga yo‘naltirilgan bilimlar va ko‘nikmalar ob’ektiv va predmetli yo‘nalishini aks ettirish) kompetensiyalari ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 02-02/4-406-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish kurslarida ta’lim samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
malaka oshirish kurslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodik ta’minotini takomillashtirish, kimyo o‘qituvchilari kompetentligini rivojlantirish (motivatsion, kognitiv, kreativ va faoliyatli-refleksiv) metodikalariga ustuvorlik berish bo‘yicha tavsiyalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi mul`timedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazining 22 may 2018 yil 02/6-109 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarda ta’limiy, metodik va umumilmiy kompetensiyalar asosida AKTdan foydalanish ko‘nikmalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
umumilmiy (yangi bilimlar, texnologiyalar, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, tahliliy-umumlashtirish faoliyatiga yo‘naltirilganlik) kompetensiyalarga tayangan holda tayyorlangan “Kimyo fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi” nomli metodik qo‘llanmasi, “Kimyo fani o‘qituvchilarining ijodkorligini oshirishda Flash MX dasturidan foydalanish”, “Laboratoriya sharoitida kerakli moddalarni hosil qilish va ajratib olish”, “Kimyoviy eksperimentni tashkil etish” elektron ta’lim resursi amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 02-02/4-406-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanmalarning yaratilishi malaka oshirish kurslari tinglovchilarining AKT kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan.