Rajabova Zuxra Sa’dullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyati tarixiy merosi va yodgorliklarining ma’naviyatni yuksaltirishdagi ahamiyati (1991-2020 yillar)”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.RhD/Tar142.
Ilmiy rahbar: Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Bazarbaev Raximnazar Jumanazarovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazm viloyati tarixiy meros va madaniy yodgorliklarining ijtimoiy jarayonlardagi mohiyati va xususiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm nomoddiy merosining ajralmas qismi bo‘lgan musiqa va raqs otashparastlarning diniy marosimlari bilan bog‘liq holda ma’raka-yu marosimlarida, din peshvolari bo‘lmish mug‘larning faoliyatida tovush va musiqaning keng qo‘llanilishi vohadagi xalfachilikka asoslangan o‘ziga xos musiqa san’atining shakllanishiga asos bo‘lganligini aniqlangan;
Xorazm vohasidagi ziyoratgohlar, qorixona, qalandarxona va xonaqolar kabi muqaddas joylarning qurilishida respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda mahalliy aholining koinot, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy hodisalar, afsonaviy qahramonlarga oid mifologik olami, mifik dunyoqarashi, axloqiy an’analari hamda antik davrdagi geografik muhiti doimiy ravishda o‘z ta’sirini o‘tkazib turganligi isbotlangan;
mustaqillik yillarida tarixiy yodgorliklar ta’mirlanib, ulardan oqilona va unumli foydalanish maqsadida Xiva “Ichan-Qal’a”davlat muzey–qo‘riqxonasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi madrasa, masjid, saroy va minoralar kabi obidalarning muzey ob’ekti sifatida yuqori darajada saqlanishi, ularning ilmiy va badiiy qiymatini yuzaga chiqarish imkonini berayotganligi dalillangan;
Xorazm Ma’mun akademiyasining ilk davlatchilik, shaharsozlik va diniy e’tiqodlar bo‘yicha Hazorasp tumanidagi ekspedisiya tadqiqotlari natijasida qo‘lga kiritilgan sopol va metall artefaktlar o‘lkadagi tarix muzeylarida badiiy san’at bo‘yicha ajdodlar mahorat maktabi sifatida xizmat qilayotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati tarixiy va madaniy yodgorliklarining ma’naviyatni yuksaltirishdagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va amaliy takliflar asosida:
Xorazm Ma’mun akademiyasining ilk davlatchilik, shaharsozlik va diniy e’tiqodlar bo‘yicha Hazorasp tumanidagi tadqiqotlari. Bu ekspedisiyalar natijasida qo‘lga kiritilgan ko‘plab artefaktlar o‘lkadagi tarix muzeylarida badiiy san’at yuzasidan ajdodlar mahorat maktabi sifatida xizmat qilayotganligi oid natijalardan 2016-2017 yillarda bajarilgan “Mustaqillik yillarida Xorazmda badiiy san’atning rivoji” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 yanvardagi 3/1255–172-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm viloyatida mahalliy sharoitlarga mos, qadimiy uslublardagi restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr va hunarmandlar ustaxonalarini tashkil qilish imkonini bergan;
Xorazm nomoddiy merosining ajralmas qismi bo‘lgan musiqa va raqslari otashparastlarning diniy marosimlar bilan bog‘liq holda ma’raka-yu marosimlarida, din peshvolari bo‘lmish mug‘larning faoliyatida tovush, musiqaning keng qo‘llanilishi vohadagi o‘ziga xos musiqa san’atining shakllanishiga asos bo‘lganliginigiga oid natijalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limining 2018-2019 yillarda tumanlar va shaharlar targ‘ibotchilar guruhi a’zolari uchun o‘quv-treninglar tashkil etish faoliyatiga tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 1 iyundagi 01/07-516-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni vatanparvarlik, madaniy – ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalashda hamda ma’naviy merosni asrash g‘oyalarini singdirishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida tarixiy yodgorliklar ta’mirlanib, ulardan oqilona va unumli foydalanish maqsadida muzey–qo‘riqxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, tarixiy-madaniy ob’ektlarni muzey ob’ekti sifatida yuqori darajada saqlashga oid xulosalardan tarixiy madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilish hamda Xiva “Ichan qal’a” muzey qo‘riqxonasida yangi eksponatlarini tashkil etish va ularni ma’lumotlar bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasining 2020 yil 24 sentyabrdagi 242-son ma’lumotnomasi). Natijada Xiva “Ichan qal’a” muzey qo‘riqxonasida yangi eksponatlarini tashkil etish va ularni ma’lumotlar bilan to‘ldirishga imkon bergan.