Elmuratov Ikmatulla Gaybullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar va rivojlanish tarixi (1991-2020-yillar)», 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxati olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar417.
Ilimiy rahbar: Urazbaeva Ravshan Djangabaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Saribaev Maman Qitaybekovich, tarix fanlari doktori; Nurjanov Sabit Uzaqbaevich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar va ularning mohiyatini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istondagi uzluksiz ta’lim tizimi sobiq sovet davrida ta’limning uzluksizligi va izchilligi umumiy o‘rta ta’limning majburiyligi prinsiplar asosida shakllantirilganligi, mustaqillikning dastlabki yillaridan huquqiy-me’yoriy hujjatlarda o‘lkaning alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida mavqeining belgilanishi respublikaning kadrlar tayyorlash borasida muhim sub’ektlardan biriga aylanishiga imkon berganligi isbotlangan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’limni rivojlantirish va modernizatsiya qilish o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq kabi madaniyatlarning ichki va tashqi o‘zaro ta’siri sharoitida olib borilishi milliy-mintaqaviy ta’lim tizimini yuzaga keltirib, uni asosan mahalliy mehnat bozoriga yo‘naltirilishiga olib kelganligi dalillangan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi oliygohlarning soni, ilmiy salohiyati va moddiy texnik bazasi, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan islohotlar asosan mavjud mehnat bozori ehtiyojini qoplashga qaratilganligi, shu boisdan hududning geografik, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda biotexnologiya, bioinjeneriya, geotexnologiya kabi zamonaviy tabiiy ta’lim turlarini ochish zarurligi isbotlangan;
zamonaviy davrda mintaqa rivojlanishining tadrijiy ravishda tarixiy va madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy ta’lim mazmunini yangilash asosida rivojlantirish, axborotlashtirishga e’tibor qaratilishi tabiiy resurslar cheklangan murakkab sharoitda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish imkonini berayotganligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida o‘rta maxsus ta’limning shakllanish va rivojlanish tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumta’lim maktablarining rivojlanish tarixi va o‘qitish mexanizmining yaratilishi, kadrlar tayyorlashta umumta’lim maktablarining ahamiyati kabi ilmiy natijalardan O‘zbekiston tarixining mustaqillikning dastlabki yillaridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari va bo‘limlarini yoritishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 20 maydagi 01-01/05.2570-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur soha tarixini faktik materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga ko‘mak berib, Qoraqalpog‘istondagi ta’lim tizimi taraqqiyotini ilmiy asosda yoritish imkonini bergan;
zamonaviy davrda mintaqaning rivojlanishining tarixiy va madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy ta’limni rivojlantirish, ta’limda innovatsiyalarning tatbiq qilinishi, ta’lim mazmunining yangilanishi, ta’limni axborotlashtirishga e’tibor qaratilishi,  tabiiy  resurslar  cheklangan murakkab sharoitda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishka imkon beradigan xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining ta’limda innovatsiyalarning tatbiq qilinishi  va joriy etishga qaratilgan faoliyatidan  foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 19 maydagi 01-02-02/1046-son ma’lumotnomasi). Natijada  Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar va rivojlanishiga ta’sir etgan omillarni aniqlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishlarida  samaradorlikni  oshirish va takomillashtirish uchun  xizmat qilgan;
mustaqillikning dastlabki yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar va rivojlanish tarixi, mintaqaviy ta’lim va hozirgi kundagi ta’lim sohasidagi islohotlar kabi yangi ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston milliy teleradiokompaniyasining Xabar informatsiyaliq dәstүri, “Qaraqalpaqstan ana diyar” “Bilimlendirio‘de reforma” “Tariyx hәm tәg‘dirler” kabi ko‘rsatuvlarida va “Jaslar hәm bilimlendirio‘” “Bilimlendirio‘de reforma” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 24 dekabrdagi 01-02-/297-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarga respublikadagi amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar mazmunini targ‘ib etishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish