Kurbanova Aziza Tolibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped903.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini samarali tashkil etishning intellektual, motivatsion va faoliyatli jarayonlarini art-pedagogika bilan ichki integrallashuv darajasining real ta’limiy sharoitdagi barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
musiqali dramatik teatr va kino aktyorligi yo‘nalishi bo‘yicha umumkasbiy fanlarni o‘qitishning didaktik imkoniyatlari tayanch va xususiy kompetensiyalarning fanlararo aloqadorligining ta’minlashga yo‘naltirilgan madaniy-dasturiy (“cultural software”) tizimni kasbiy shakllanish jarayoniga intensiv ta’sirchanlik xususiyatini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish modelining tashkiliy-didaktik komponenti kognitiv faoliyatning tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash, tahlil etish va umumlashtirish, refleksiya-baholashga doir algoritmik bosqichlarini ta’limiy faollashtiruvchi majmuani loyihalash jarayonlarida qayta aloqaga kirishish darajasi dinamikligini belgilash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasining didaktik ta’minoti kontentlari interfaol, imitatsion, noimitatsion o‘qitish shakllarini aralash ta’lim (blended learning) jarayoniga adaptiv qo‘llashga doir ergonomik talablarni hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
intellektual, motivatsion va faoliyatli jarayonlarini artpedagogika bilan integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlaridan “San’at ta’limida kompyuter grafikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, 654-150 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;
madaniy dasturlashtirishni intensiv qo‘llash asosida aniqlashtirilgan musiqali dramatik teatr va kino aktyorligi yo‘nalishi bo‘yicha umumkasbiy fanlarni o‘qitishning pedagogik imkoniyatlaridan Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” (2017-2018 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 noyabrdagi 89-03-4636-son ma’lumotnomasi). Natijada, “San’at ta’limida axborot texnologiyalari” fanini kasbiy sohaga yo‘naltirib o‘qitishning intensivligi ta’minlangan;
didaktik faollashtiruvchi majmuaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan talabalarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning dasturiy ta’minoti tuzilmasidan “Informatika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 15 avgustdagi 332/1-son buyrug‘i, 332/1-15 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning dasturiy-texnik komponentini takomillashtirishga xizmat qilgan;
interfaol ta’lim talablari bilan o‘zaro maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan talabalarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minotidan “San’at ta’limida kompyuter grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, 654-150 raqamli guvohnoma). Natijada, umumkasbiy fanlar bo‘yicha interfaol amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan.