Jumaev Erkin Boltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek adabiy tilida o‘zlashtirmalik va matn», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1542.
Ilmiy rahbar: Safarov Firuz Sulaymonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zlashtirma xabar, o‘zlashtirma buyruq va o‘z¬lashtirma so‘roqning kommunikativ maqsad kategoriyasi vositalari orasida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek adabiy tilida o‘zlashtirmalik fe’l + -(i)bdi, -adi (-ydi), -gan, -gan ekan, -gan emish, -(a)r ekan, -(a)r emish, -(a)yotgan ekan, -(a)yotgan emish, -adigan (-ydigan) ekan, -adigan (-ydigan) emish, -moqchi ekan, -moqchi emish, -sin ekan, -sin emish kabi morfologik vositalar orqali ifodalanishi misollar asosida dalillangan;
o‘zlashtirmalikni ifodalovchi morfologik vositalar kommunikativ maqsad kategoriyasi a’zosi sifatida o‘zlashtirma xabar, o‘zlashtirma buyruq, o‘zlashtirma so‘roqni bildiruvchi guruhlarga ajralishi faktik materiallar bilan isbotlangan;
o‘zlashtirmalikni ifodalovchi morfologik vositalarni betaraf, qulay oydinlashtiruvchi va ta’kidlovchi matnda olib qarash orqali bu vositalarda eshitil¬ganlik ma’nosi bir xil emasligi aniqlangan;
o‘zbek tilida o‘zlashtirmalikni ifodalovchi morfologik vositalarning o‘zlashtirmalikni bildiruvchi sintaktik vositalar bilan o‘zganing fikrini o‘zlashtirib bayon etishi jihatidan o‘xshashligi, morfologik vositalarning sintaktik vositalardan xabar manbaining ko‘rsatilmasligi va nutq fe’l-larining qo‘llanmasligi bilan farqlanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiy tilida o‘zlashtirmalik va matn munosabatini tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek adabiy tilida o‘zlashtirmalik fe’l + -(i)bdi, -adi (-ydi), -gan, -gan ekan, -gan emish, -(a)r ekan, -(a)r emish, -(a)yotgan ekan, -(a)yotgan emish, -adigan (-ydigan) ekan, -adigan (-ydigan) emish, -moqchi ekan, -moqchi emish, -sin ekan, -sin emish kabi morfologik vositalar orqali ifodalanishi o‘quvchi va talaba yoshlarda milliy g‘ururni shakllantirishi kabi nazariy xulosalardan «OT-F1 Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari» mavzusidagi fundamental loyihada (2017 ‒ 2020 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 89-03-133-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasi milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllan¬tirishda tilga ruhiy-ijtimoiy hodisa sifatida qara¬lib, o‘zbek tilini o‘ziga xos xususiyati asosida o‘rganish va ta’limga tatbiq qilishdan ham foydalanish mumkinligi haqidagi fikrlar bilan boyitilgan;
o‘zlashtirmalikni ifodalovchi morfologik vositalar kommunikativ maqsad kategoriyasi a’zosi sifatida o‘zlashtirma xabar, o‘zlashtirma buyruq, o‘zlashtirma so‘roqni bildiruvchi guruhlarga ajralishi haqidagi fikrlardan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental loyihada (2012-2016 yy) foyda¬lanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 89-03-133-son ma’lumot¬nomasi). Natijada, loyiha leksik so‘z yasalishiga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zlashtirmalikni ifodalovchi morfologik vositalarni betaraf, qulay oydinlashtiruvchi va ta’kidlovchi matnda olib qarash orqali bu vositalarda eshitilganlik ma’nosi bir xil emasligi haqidagi ilmiy qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Dolzarb mavzu» ko‘rsatuvi va Buxoro radiosining «Kun mavzusi» eshittirishi dasturlari ssenariy¬larini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 yanvardagi 71-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiy tili sintaksisining o‘ziga xos xususiyatini aks ettiruvchi o‘zlashtirmalikning morfologik vositalar bilan ifodalanishi, ularning ularning gap va mikromatn doirasida qo‘llanishi haqidagi ma’lumotlar tomoshabinlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirgan, radiokanal ijodiy jamoasining o‘zbek tili qurilishining o‘ziga xos xususiyatiga oid bilimlarining kengayishiga xizmat qilgan.