G‘afurov Doniyor Orifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahdumi A’zam ma’naviy merosida oila farovonligi va farzand tarbiyasi masalasi», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.1.PhD/Fal408.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponetlar: Mamatov Mamajon Axmadjonovich, falsafa fanlari doktori (DSc); Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Maxdumi A’zam ma’naviy merosidagi oila va nikoh muqaddasligi, oila farovonligi va farzand tarbiyasiga oid g‘oyalarining ahamiyatini ochib berish hamda ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila farovonligi, farzand tarbiyasi haqidagi g‘oyalarning nafs tarbiyasi, mehnat va bunyodkorlik, atrof-muhitni asrash, kasb hunar egallash, qalb pokligi tushunchalari bilan o‘zaro dialektik aloqadorligi Maxdumi A’zamning “Risolai shaybiya”, “Risolai fanoiya” asarlaridagi ijtimoiy-ma’naviy tamoyillar (ilm va din bilan dunyo uchun xayrli ish qilish, zarar keltirishdan saqlanish, olamni yashnatish zarurati) asosida ochib berilgan;
Maxdumi A’zamning “Sharhi al-valadu sirru abiyhi”, “Asror-un-nikoh” asarlarida ilgari surgan “ilm va axloq-odob uyg‘unligi” konsepsiyasi hamda xulq-atvor, sa’y harakatlarning birligi g‘oyasi komil inson shaxsini tarbiyalashda muhim omil ekanligi atributiv kategoriyalar (zohiriy va botiniy ilmlar zaruriyati) vositasida asoslangan;
Maxdumi A’zam merosida ilgari surilgan farovon hayot, halol mehnat, insonparvarlik, bag‘rikenglik va ma’rifatga undovchi komillik mezonlari xususidagi g‘oyalari yoshlarni buzg‘unchi mafkuraviy targ‘ibotlar ta’siriga qarshi kurashda substansional asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan;
Maxdumi A’zamning “Zubdat-us-solkin va tanbiyat-us-salotin” asaridagi xalqparvar, mehr-shafqatli, olamni yashnatish, adolat tarozisi haqidagi qarashlari ilohiy (kalom, tasavvuf) g‘oyalari bilan dialektik aloqadorligi hamda uning o‘z davri ijtimoiy hayotida ma’naviy, axloqiy va huquqiy ahamiyat kasb etganligi mantiqiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxdumi A’zam ma’naviy merosida oila farovonligi va farzand tarbiyasi masalalarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
oila farovonligi, farzand tarbiyasi haqidagi g‘oyalari nafs tarbiyasi, mehnat va bunyodkorlik, atrof-muhitni asrash, kasb hunar egallash, qalb pokligi tushunchalari bilan o‘zaro dialektik aloqadorligi Maxdumi A’zamning “Risolai shaybiya”, “Risolai fanoiya” asarlaridagi ijtimoiy-ma’naviy tamoyillar (ilm va din bilan dunyo uchun xayrli ish qilish, zarar keltirishdan saqlanish, olamni yashnatish zarurati) asosida ochib berilganligiga oid ilmiy xulosa hamda yangiliklaridan Buxoro viloyati xunarmandchiligini rivojlantirish markazining 66-12/192-raqamli “Hunar-rizq karvoni” mavzusidagi amaliy nodavlat loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 89-03-5002-son ma’lumotnoma). Natijada, Mahdumi A’zam g‘oyalari orqali yoshlar tarbiyasida inson nafsini jilovlash, me’yorga solishda qalb tarbiyasining muhimligi to‘g‘risidagi keng fikrlar shakllangan, inson umrining keksalikkacha bo‘lgan davriga oid falsafiy-axloqiy qarashlariga oid ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan;
Maxdumi A’zamning “Sharhi al-valadu sirru abiyhi”, “Asror-un-nikoh” asarlarida ilgari surgan “ilm va axloq-odob uyg‘unligi” konsepsiyasi hamda xulq-atvor, sa’y harakatlarning birligi g‘oyasi komil inson shaxsini tarbiyalashda muhim omil ekanligi atributiv kategoriyalar (zohiriy va botiniy ilmlar zaruriyati) vositasida asoslanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining 2017 yil 7 iyuldagi PF-5106-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida” konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha belgilangan yoshlarni daxldorlik ruhida, vatanparvarlik, milliyo urf-odat hamda qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 16 iyuldagi 04-13/2113-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni vatanparvarlik, oliyjanoblik, insonparvarlik, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashga, ularda tur xil diniy-aqidaviy va ekstremistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga erishilgan;
Maxdumi A’zam merosida ilgari surilgan farovon hayot, halol mehnat, insonparvarlik, bag‘rikenglik va ma’rifatga undovchi komillik mezonlari xususidagi g‘oyalari yoshlarni buzg‘unchi mafkuraviy targ‘ibotlar ta’siriga qarshi kurashda substansional asosga ega ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalaridan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilgan “Oila-muqaddas dargoh”, “Oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish” mavzularidagi turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 24 iyuldagi 02/07-658-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Oila muqaddas dargoh”, “Oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish” mavzusidagi profilaktik tadbirlarda erta turmush qurishning oldini olish, nikohdan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish va oilaviy qadriyatlarni yoshlar orasida targ‘ib qilishda yuqori natijalarga erishilgan;
Maxdumi A’zamning “Zubdat-us-solkin va tanbiyat-us-salotin” asaridagi xalqparvar, mehr-shafqatli, olamni yashnatish, adolat tarozisi haqidagi qarashlari ilohiy (kalom, tasavvuf) g‘oyalari bilan dialektik aloqadorligi hamda uning o‘z davri ijtimoiy hayotida ma’naviy, axloqiy va huquqiy ahamiyat kasb etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va yangiliklaridan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha metodik o‘qishlarida, kataloglar, al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 9 dekabrdagi 02/354-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikka Dahbed maktabi vakillarining komil inson shaxsini tarbiyalash, oilani mustahkamlash, olamni yashnatish, mehnatsevarlik, kamtarinlik, halol luqma topish haqidagi falsafiy-axloqiy g‘oyalari jamiyat va taraqqiyotida muhim o‘rin tutganligi asoslab berilgan;
Xojagiy Ahmad Kosoniyning ma’naviy merosida oila farovonligi va farzand tarbiyasi haqidagi farovon hayot, halol mehnat, insonparvarlik, bag‘rikenglik va ma’rifatga undovchi komillik mezonlari xususidagi g‘oyalari yoshlarni buzg‘unchi mafkuraviy targ‘ibotlar ta’siriga qarshi kurash ruhida tarbiyalashdagi o‘rni “Sharhi–al-valadi sirru abiyhi” asari asosida dalillangan ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek”, “Til-millat ko‘zgusi” kabi ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 09 iyundagi 1/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning ulug‘ mutasavvif faoliyati va asarlari haqidagi bilimlarini hamda ko‘rsatuvlar mazmunini boyitishga erishilgan.