Dadamov Ashot Danilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz terisi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati o‘smalarining erta kompleks diagnostikasi va davolash», 14.00.21–Stomatologiya va 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib11.
Ilmiy maslahatchilar: Jilonov Abdubori Astanaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdixakimov Abdulla Nusratullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.07.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Supiev Turgan Kurbanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Svetiskiy Pavel Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Og‘iz tubi va yuz-jag‘ akademiyasi (Germaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz-jag‘ va og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘smalarni kompleks tashxislash, davolash va profilaktikasini yaratish va takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz terisi va og‘iz bo‘shlig‘ining boshlang‘ich saratonini aniqlash uchun nam va yupqa sitologik preparat (PhinPrep) olish usuli ishlab chiqilgan;
deformatsiya koeffisientining ko‘k pattern tomonga o‘sishini SEG va UTDG tasdiqlaydi, vaskulyarizatsiyaning o‘sishi to‘qima va limfatik tugunlarda (LT) bemorlarda skrining va monitoring o‘tkazilgan;
ilk marotaba O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqotda TR53 genining Arg72Pro polimorf markerini o‘zbek aholisida Arg72Pro geterozigot dominirlashi aniqlangan.
o‘simtali to‘qima va metastazlangan limfatik tugunlarda kimyoviy-nur davolashdan so‘ng hujayraning mitotik bo‘linishi, apoptoz tezligi va davolash patomorfoz darajasida aniq o‘zgarish bermadi; kimyoviy-nur terapiyasi so‘lakning himoya xususiyatini pasaytiradi: leykotsitlar sonining kamayishi tufayli rivojlanuvchi kserostomiya va immunoglobulinlarga olib kelgan;
prekanseroz hosilalar va og‘iz bo‘shlig‘i saratonini lyugol va toluidin ko‘k suvli eritmasi yordamida erta xromodiagnostika testlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuz terisi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati o‘smalarining erta kompleks diagnostikasiva davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bemorlarda atipik hujayralarni erta tashxislash va differensial solishtirish maqsadida olingan ilmiy natijalar «Og‘iz bo‘shlig‘i organlari, lablar va yuz terisi epitelial xavfli o‘smalari» uslubiy qo‘llanmasi asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 15 sentyabrdagi 8H-d/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma yordamida bemorlarda xavfli o‘smalarni erta tashxislash va erta davolashni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
yuz-jag‘ sohasidagi yumshoq to‘qimalarning va limfa tugunlarida tomirlar ko‘payishini erta tashxislash maqsadida olingan ilmiy natijalar «Yuz-jag‘ xirurgiyasi» uslubiy qo‘llanmasi asosida sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 15 sentyabrdagi 8H-d/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma bemorlarda xavfli o‘smalarni erta tashxislash to‘qimalar deformatsiyasi koeffisientini oshirishga qaratilgan algoritmlar ishlab chiqish imkonini bergan;
yuz terisi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati xavfli o‘sma kasalliklari sezgirligini oshirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent stomatologiya instituti klinik shifoxonasi, Toshkent viloyati onkologiya dispanseri, Toshkent shahar onkologiya dispanseri amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 15 sentyabrdagi 8H-d/41-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi yuz-jag‘ sohasi xavfli o‘sma kasalliklarini erta tashxislash natijasida kichik jarrohlik amaliyotini qo‘llash asosida kasallikni 13-15 foizga kamaytirish imkonini bergan.