Boymurodov Adham Xushimqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning innovatsion klaster modeli»: 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped 951.
Ilmiy rahbar: Radjabov Baxtiyor Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Muxamadrasul, texnika fanlari doktori, professor; Shoymardonov Tuymurod Turdialivich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda innovatsion ta’lim klaster modelini joriy etish asosida ta’lim sifatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining mazmunini klasterli yondashuv vositasida takomillashtirish orqali zamonaviy ta’lim texnologiyalarini aloqadorlik, uzviylik, zamonaviylik tamoyillari asosida joriy etish imkoniyatlari aniqlangan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimida innovasion klasterlarni tashkil qilish shakllari “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda sifatga ta’sir qiluvchi omillar (gorizontal, vertikal va geografik)iga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
umumta’lim muassasalarida Kontentlarni boshqarish tizimi texnologiyasi asosida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti (elektron darsliklar, video va audio materiallar, test savollari, fanga doir qo‘shimcha adabiyotlar) onlayn muhitini tashkil etish imkoniyatlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
informatika va axborot texnologiyalari fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi o‘qitish texnologiyalari (klaster tahlili, muammoli, kompyuter dasturiy ta’minotlari) hamda klaster ob’ekt va sub’ektlari o‘rtasida integratsiyani ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning innovatsion klaster modeliga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda innovasion klaster metodikasini tashkil qilish o‘quv mashg‘ulotlari sifatiga ta’sir qiluvchi omillariga oid taklif va tavsiyalardan Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarish va uning ilmiy xulosalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 sentyabrdagi 89-03-3206-son ma’lumotnomasi). Natijada fan o‘qituvchilari, o‘quvchilarning elektron axborot manbalardan keng foydalanishi orqali darsliklar etishmovchliligi qisqargan;
umumta’lim muassasalarida “Informatika va axbrot texnologiyalari” fani va oliy ta’lim muassasalari uchun fanning murakkab qismi hisoblangan dasturlash yo‘nalishida o‘quv mashg‘ulotlarining mazmuniga hamda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda hududiy klasterlarni tashkil etish, fan bo‘yicha mashg‘ulotlarini tashkil etishni takomillashtirish, o‘qitish texnologiyalariga doir takliflardan, ta’lim klasteri sub’ektlari va ob’ektlari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlashga oid takliflar “S++ da dasturlash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 237-643). Natijada “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quv mashg‘ulotlarida dasturlash asosining amaliy mashg‘ulotlari tashkiliy-pedagogik bosqichi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; sohaga doir zamonaviy o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj qondirilishiga xizmat qilgan;
umumta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti Kontentlarni Boshqarish Tizimi texnologiyasi asosda o‘quv muhitini tashkil etish imkoniyatlaridan foydalanishga doir taklif va tavsiyalaridan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda hududiy klasterining on-line platformasi loyihasi asosida internet tarmog‘ida www.tvcluster.uz veb sahifasi yaratilgan (Davlat reestriga kiritilgan mualliflik huquqi asosida, 2020 yil 30 may 002270-son). Natijada klaster ob’ekti va sub’etlari o‘rtasida axborot almashinuv mexanizmi, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha dars mashg‘ulotlari uchun materiallarni va axborot-uslubiy ta’minotdan umumiy foydalanish imkoni oshirilgan.