Shukurov Farxad Ishkulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdonlardagi yaxshisifat strukturali o‘zgarishlarni endoxirurgik davolashdan keyin reproduktiv faoliyati reabilitatsiyasining zamonaviy jihatlari», 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib221.
Ilmiy maslahatchi: Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituta, DSc.04/30.12.2019,Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxangir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepusht ayollarni endoxirurgik davolashdan keyin reproduktiv funksiyasi reabilitatsiya usullarini takomillashtirish va ularning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari sababli endoxirurgik jarroxlik amaliyoti o‘tkazgan ayollar qon zardobida estradiol va testosteron gormonlarining yuqori, progesteron gormonining past miqdorda bo‘lishi aniqlanib, mazkur gormonlarning jarroxlikdan keyin bepushtlikni saqlanib qolishidagi o‘rni isbotlangan;
tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepusht ayollarda tuxumdonlar zaxirasi markerlarini qo‘llanilgan endoxirurgik jarroxlik turi va xajmiga bog‘liq jarroxlikgacha va jarroxlikdan 3 oydan keyin qiyosiy taqqoslab baholashda olingan ma’lumotlar mazkur ayollar reproduktiv faoliyatini tiklashda qiymatli ko‘rsatkichlar ekanligi isbotlangan;
ilk bor tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepusht ayollarda tuxumdonlar va endometriy ER, AR va PR reseptorlarini immunogistokimyoviy tadqiqotining bepushtlikni tashxislash, davolash, kasalliklar qaytalanishi hamda jarroxlikdan keyin bepushtlikni rivojlanishini prognozlashda samarali usul ekanligi isbotlangan;
TPS bilan bog‘liq bepusht ayollar tuxumdonlar follikulasi va devorida ER va ARning yuqori, PRning past ekspressiyasi, TFK bilan bog‘liq bepusht ayollar qobiq epitelial va stromal komponentlarida ERning yuqori, PRning past ekspressiyasi, mazkur ayollar endometriy bez epiteliysi va stromasida ERning yuqori, PRning past ekspressiya darajasida bo‘lishi aniqlanib, ushbu reseptorlarning mazkur kasalliklar bilan bog‘liq bepushtlik patogenezidagi prognostik ahamiyati isbotlangan;
ilk bor tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepusht ayollarda ER va PR reseptorlarining steroid gormonlari bilan endometriy qalinligi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri korrelyasion aloqadorlik mavjudligi aniqlanib, mazkur aloqadorligining endometriy reseptivligini ta’minlashdagi o‘rni isbotlangan;
tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepusht ayollar reproduktiv funksiyasini tiklashda, endoxirurgik davolashni, IGK-tadqiqot natijalarini hisobga olgan holda patogenetik asoslangan va tabaqalashtirilgan kompleks reabilitatsiyalovchi terapiya bilan birgalikda o‘tkazilishini muvofiqligi ilmiy asoslangan hamda klinik samaradorligi qiyosiy baholanib isbotlangan;
tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepusht ayollarni endoxirurgik davolashdan keyin reproduktiv funksiyasi reabilitatsiyasining tuxumdonlar va endometriy reseptorlarining IGK-tadqiqoti natijalariga ilmiy asoslangan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepusht ayollarni tashxislash, prognozlash va endoxirurgik davolashdan keyin reproduktiv funksiyasi reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuxumdonlar polikistoz sindromini tashxislash va reproduktiv funksiyasi reabilitatsiyasini yangi usulini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan "Tuxumdonlar polikistoz sindromi: etiopatogenetik jihatlari, erta tashxislash, reproduktiv funksiyasi reabilitatsiya usullari" deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 8n-d/125–son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi TPSni tashxislash va endoxirurgik davolashdan keyin reproduktiv faoliyati reabilitatsiyasi samaradorligini oshirish imkonini bergan;
tuxumdonlar follikulyar kistalarini tashxislash, qaytalanishini prognozlash, davolash va reproduktiv funksiyasi reabilitatsiyasini yangi usulini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan "Tuxumdonlar follikulyar kistalari: tashxislash, prognozlash, davolashni takomillashtirish, profilaktikasi va reproduktiv funksiyasi reabilitatsiya usullari" deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 8n-d/125–son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi TFKni tashxislashda va endoxirurgik davolashdan keyin reproduktiv funksiyani tiklash maqsadida gormonal ad’yuvant terapiyadan foydalanishni samaradorligini yaxshilashni va amaliyotda joriy etish imkonini bergan;
tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepushtlikni tashxislash, prognozlash va davolashning yangi usulini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan "Tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepushtlikni tashxislash va davolashda immunogistkimyoviy usul" deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 8n-d/125–son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tuxumdonlarida yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari sababli endoxirurgik jarroxlik amaliyotini o‘tkazgan bepusht ayollarning reproduktiv funksiyasi reabilitatsiyasiga patogenetik asoslangan hamda tabaqalashtirilgan o‘ziga xos yondashuvni tavsiya etish imkonini bergan;
tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepusht ayollarni tashxislash, davolash va reproduktiv funksiyasi reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxridagi 4 va 9–son tug‘ruq komplekslari hamda Farg‘ona va Xorazm viloyatlari perinatal markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 martdagi 8n-d/57–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi homilador bo‘lishlar salmog‘ini 1,7 barobar ortishiga, bepushtlik salmog‘ining 4,8 barobar qisqarishiga, tuxumdonlar yaxshisifat strukturali o‘zgarishlari residivlari sonini 4,2 barobar kamayishi va davolash muddatini 1-2 kungacha qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan.