Nuralieva Dilafruz Mamadiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniyali bemorlarda qobiqqa bog‘liq o‘zgarishlarning o‘ziga xosligi va ularning korreksiyasi» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib 1162.
Ilmiy rahbar: Tulaboeva Gavxar Mirokborovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Rasulova Zulfiya Dadaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniyali bemorlarda trombotsit qobiq modelidagi, qobiq-destruktiv o‘zgarishlarni ahamiyatini aniqlash asosida ularning terapiyasida differensial yondashishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniya bilan birga kechishida trombotsit qobig‘ining patologik destruktiv o‘zgarishlarining yaqqolligi, shuningdek trombotsitning agregatsion faolligini oshishining endotelial disfunksiya va vazospazmning rivojlanishida muhim patogenetik ahamiyati to‘la aniqlangan;
ilk bor yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniyaning shakllanib borishi va zurayishida bioximik o‘zgarishlar, jumladan trombotsit agregatsion faolligi ortib borishi uning strukturaviy, funksional va yallig‘lanishga qarshi ko‘rsatkichlarining jaddalashuvi bilan bevosita buzilishi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan.
yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniyali bemorlarda trombotsit qobig‘ida xolesterin va fosfolipid miqdorini ko‘payib borishi, trombotsitlar qobig‘ining "qattiqligi" ni ortib borishiga sabab bo‘lib va natijada qonning reologik xususiyatlariga manfiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniyaning patogenezida aniqlangan bioximik buzilishlarini nazarga olgan holda, differensirlangan terapiyaning nafaqat klinik-gemodinamik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’sir qilishi, qobiqstabillashtiruvchi samarasi ham aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniyali bemorlarda qobiqqa bog‘liq o‘zgarishlarning o‘ziga xosligi va ularning korreksiyasi ilmiy natijalari asosida:
yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga differensirlangan terapiya qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Arterial gipertoniyada yurak ishemik kasalligini davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yildagi 22 dekabrdagi 8 n-d/632-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda differnsial davolash usullarini takomillashtirishga imkoniyat yaratgan;
yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniyali bemorlarda qobiqqa bog‘liq o‘zgarishlarning tizimni tahlili va davolashga patogenetik yondashish buyicha olingan tadqiqot natijalari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, Mirobod tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va Buxoro viloyati kardiologiya dispanseri amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yildagi 24 fevraldagi 8 n-d/74-son ma’lumotnomasi). Tadbiq qilingan natijalar yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniya bilan birga kelgan hollarda kasallikning klinik kechishini, xayot uchun xavfli asoratlar rivojlanishini xavfini kamaytirish, qo‘llaniladigan samarali davolash va profilaktika usullarini optimallashtirish, xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.