Siddikov Patxillo Siddikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy avrli gazlamalarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini va parametrlarini muqobillashtirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T56.
Ilmiy maslahatchi: Mavlonov To‘lqin Mavlonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSs.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori professor; Xolikov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori; Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy avrli gazlamalarni olish texnologiyasi va parametrlarini ishlab chiqish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va yangi assortiment turlarini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘quv dastgohida avrli gazlamalarni ishlab chiqarishda tanda iplari tarangligining notekis, uzilishining yuqori bo‘lishi sababi, libit eni bo‘yicha iplarining tarangligi har xil ekanligi aniqlangan;
berilgan xususiyatlar va tuzilishga ega bo‘lgan avrli gazlamani ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan;
tandalash barabaniga o‘ralgan iplar o‘rami kesimining geometrik shakli amaliy jihatdan asoslangan va o‘ram hajmini analitik hisobi ishlab chiqilgan;
libit iplari tarangligini mutanosiblashtira oladigan libitlab-tandalash barabani yaratilgan;
libitni bog‘lashda avr ipining tarangligini o‘rnatilgan holatda ta’minlaydigan moslama ishlab chiqilgan va iplar tarangligi qiymatini elektron tarzda qayd etib turuvchi qurilma yaratilgan.
yangi tuzilishli avrli gazlamalar olishning tukli to‘qimalar va trikotaj usullari ishlab chiqilgan;
«Xon-atlas» gazlamani to‘quvchilik jarayonida iplar uzilishini kamaytirishga imkon beradigan optimal texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Milliy avrli gazlamalarni texnologik jarayonlarini va parametrlarini muqobillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
berilgan xususiyatlari va tuzilishiga ega bo‘lgan avrli gazlama ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi «O‘zbekengilsanoat» AJ tizimidagi «Yodgorlik» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2016 yil 24 noyabrdagi DM-27-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi milliy avrli matolar sifatini yaxshilash va yangi turlarini yaratish imkonini bergan;
tanda iplarini o‘rash uchun yaratilgan libitlab-tandalash barabani «O‘zbekengilsanoat» AJ tizimidagi «Yodgorlik» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2016 yil 24 noyabrdagi DM-27-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanishi tanda iplarining uzilishini 33% ga kamaytirishga, taranglikni tenglashtirish va to‘qima sifatini oshirishga erishilgan;
libitni bog‘lashda avr ipining tarangligini o‘rnatilgan holatda ta’minlash uchun ishlab chiqilgan moslama «O‘zbekengilsanoat» AJ tizimidagi «Obi-hayot» kichik korxonasida joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2016 yil 24 noyabrdagi DM-27-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi to‘qimadagi rang kirib ketish nuqsonlarini bartaraf etish va to‘qima sifatini 2,1% ga oshirish imkoniyatini bergan;
avrli gazlama to‘qish jarayonlarining muqobillashgan texnologik parametrlari «Yodgorlik» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2016 yil 24 noyabrdagi DM-27-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi ishlab chiqarish hajmini 12%ga oshirish va bo‘ylanma chiziqlar hosil bo‘lishi nuqsonlarini bartaraf etishga imkon yaratgan.