Raxmatova Dilbar Baxriddinovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro shahri keksa va qari yoshdagi aholisi orasida o‘tkir miokard infarktining  epidemiologiyasi, klinik kechishi va davolashini optimallashtirish usullari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot; 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib865. 
Ilmiy rahbarlar: Tursunov Xatam Xasanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, Mamasaliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: To‘labaeva Gavhar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nikishin Aleksey Gennad`evich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro shahrining keksa va qari yoshdagi aholisi orasida o‘tkir miokard infarktining epidemiologiyasi, klinik kechishi, davolashni optimallashtirish usullarini aniqlash va baholash, miokard infarktini erta tashhislash uchun birlamchi va ikkilamchi profilaktika algoritmlarini, shuningdek, skrining usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro shahrining keksa va qari yoshdagi uyushmagan aholisi orasida o‘tkir miokard infarktining o‘zgartirib bo‘ladigan xavf omillarining tarqalishi xususiyatlari (erkaklarda ortishi, ayollarda kamayishi) va populyasion-prognostik ahamiyati aniqlangan;
Buxoro shahrining keksa va qari yoshdagi populyasiyasi orasida qon tomirlar patologiyasining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi xamda kardiovaskulyar xavfni (“so‘nggi epidemiologik nuqta”) sezilarli darajada oshiruvchi giperxolesterinemiya, kam jismoniy faollik, ortiqcha tana vazni va semizlik kabi hududiy omillar aniqlangan;
o‘tkir miokard infarkti va konvension xavf omillari o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik borligi isbotlangan;
keksa va qari yoshdagi aholi orasida kardiovaskulyar kontinuumga nisbatan epidemiologik sharoit va vaziyatlarni bashorat qilish o‘tkir miokard infarktidan kasallanish va o‘limni ishonchli tarzda kamaytirishga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksa va qari yoshdagi aholi orasida O‘MI epidemiologiyasi, klinik kechishi va davolashni maqbullashtirish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
qari va keksa yoshdagi aholi orasida miokard infakti profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qari va keksa yoshdagi bemorlarda miokard infarktini oldini olishni maqbullashtirishni baholash usullari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08-09/5792-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan uslubiy tavsiyanoma davolash jarayonini optimallashtirishga, epidemiologik sharoitlarni bashorat qilishga, keksa va qari yoshdagi  aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning xavf guruhini aniqlash  imkonini bergan;
miokard infarktining ikkilamchi profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Miokard infarktini ikkilamchi profilaktikasini takomillashtirish usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08-09/5792-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar, o‘tkir miokard infarktini samarali oldini olishga va davolashning maqbul sxemasini tuzishga, shu bilan birga, ushbu xavfli kasallik va uning asoratlarini kamaytirishga imkon bergan.
Buxoro shahrining keksa va qari yoshdagi aholisi orasida o‘tkir miokard infarktining profilaktikasi sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyatining Vobkent, Peshko‘ va Kogon tumanlari tibbiyot birlashmalari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08-09/5792-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar majmui monitoring dasturini optimallashtirishga, keksa va qari yoshdagi aholi orasida o‘tkir miokard infarktini davolash va oldini olish samaradorligini oshirishga, kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishga imkon bergan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                