Mavlonov Namoz Xalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa va qari yoshdagi aholi orasida surunkali noinfeksion kasalliklarning tarqalganligi va profilaktikasiga mahalliy yondashuvlar», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot; 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1039. 
Ilmiy rahbarlar: Mamasaliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abdukaxxor Vaxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro arid zonasi sharoitida keksa va qari yoshdagi aholi orasida surunkali noinfeksion kasalliklarni va ularning rivojlanish xavf omillarini aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa va qari yoshdagi aholi orasida surunkali noinfeksion kasalliklar rivojlanishining populyasion mexanizmlariga ta’sir etuvchi  gipodinamiya, ortiqcha tana vazni, arterial gipertenziya, alkogol` iste’moli, chekish, osh tuzini ko‘p iste’mol qilishdan iborat asosiy xavf omillarining qiyosiy tarqalishi aniqlangan; 
O‘zbekistonning arid xududidagi keksa va qari yoshdagi aholi orasida surunkali noinfeksion kasalliklarning asosiy xavf omillarini erta aniqlash va o‘zgartirishga qaratilgan ustuvor profilaktika strategiyasi yaratilgan;
asosiy xavf omillar va surunkali noinfeksion kasalliklarning barcha sinflari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
mahalliy xususiyatlarga bog‘liq xolda, surunkali noinfeksion kasalliklarning «epidemiologik debyuti»ni xamda asosiy surunkali noinfeksion kasalliklarning referens xavfini monitoring qilish, baholash va bartaraf etish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksa va qari yoshdagi aholi orasida surunkali noinfeksion kasalliklar profilaktikasining sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
keksa va qari yoshdagi aholi orasida surunkali noinfeksion kasalliklar profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Keksa va qari yoshdagilarda surunkali noinfeksion kasalliklar profilaktikasini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08-09/5793-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma surunkali noinfeksion kasalliklarning asosiy xavf omillari tashxislanishini optimallashtirish va keyinchalik ushbu toifa bemorlarni reabilitatsiya qilishga asoslangan bo‘lib, hayot sifati va umr ko‘rish davomiyligini yaxshilash imkonini bergan;
aholi orasida noinfeksion kasalliklar xavf omillarini monitoring qilishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillarini aholi orasida monitoring qilishda mobil sog‘liqni saqlash amaliyotini qo‘llash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08-09/5793-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyanoma keksa va qari yoshli aholi orasida surunkali noinfeksion kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish va kasallanish hamda asoratlardan o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini bergan; 
surunkali noinfeksion kasalliklar profilaktikasi sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyatining Kogon, Peshko‘, Jondor, Romitan, Buxoro tumanlari tibbiyot birlashmalari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 08-09/5793-son ma’lumotnomasi). Surunkali noinfeksion kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha taklif etilgan kompleks tavsiyalar monitoring dasturini va ikkilamchi profilaktikani maqbullashtirish imkonini bergan, bu esa keksa va qari yoshlilarda xavf omillari ta’sirining kamayishiga va tegishlicha umumiy kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish