Yarmatov Raximboy Baxramovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped51.

Ilmiy rahbar: Mardonov Shukrullo Kuldashevich, pedagogika fanlari doktori.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘quvchilarda iqtidorlilikni rivojlantirish motivatsion komponentining o‘z-o‘zini rag‘batlashga qobiliyatlilik,  emotsional-irodaviy o‘z-o‘zini rivojlantirish, emotsional o‘z-o‘zini nazorat qilish, intellektual komponentning tadqiqotchilikka doir faoliyatni rivojlantirish hamda kreativ komponentning analitik tafakkurni rivojlantirish ko‘rsatkichlari aniqlangan; fasilitatsion ta’lim muhitini yaratish asosida iqtidorli o‘quvchilarni rivojlantirishning  ichki (qiziqish, idrok, xarakter, muloqot, xotira) va tashqi (oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi, ommaviy axborot vositalari) omillari hamda intellektual sifatlarining mantiqiy fikr yuritish, analitik va alternativ fikrlash, tanqidiy tafakkur mezonlari ishlab chiqilgan;

iqtidorli o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning adaptiv, individuallik, integratsion, ijtimoiy faoliyat bosqichlarini hisobga olgan holda  bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish, konsul`tativ va mafkuraviy-profilaktik texnologiyalari takomillashtirilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarni edvayzerlik faoliyatiga tayyorlash asosida iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish diagnostik mexanizmlari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:

o‘quvchilarda iqtidorlilikni rivojlantirishning motivatsion komponentining o‘z-o‘zini rag‘batlashga qobiliyatlilik,  emotsional-irodaviy komponentining o‘z-o‘zini rivojlantirish, emotsional o‘z-o‘zini nazorat qilish, intellektual komponentning tadqiqotchilikka doir faoliyatni rivojlantirishga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Xalq ta’limi vazirligining 2013 yil 8 noyabrdagi «Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlar bellashuvini tashkil etish hamda hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari va ta’lim muassasalarining reytingini aniqlash to‘g‘risida»gi 360-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom va mexanizmini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 iyuldagi 01-02/1-3-212/b-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda bilimli bo‘lish va iqtidorni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining reytingini aniqlashda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini baholashning sifat ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;

iqtidorli o‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning adaptiv, individuallik, integratsion, ijtimoiy faoliyat bosqichlarini hisobga olgan holda  bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish, konsul`tativ va korreksion texnologiyalarining didaktik ta’minotini takomillashtirish hamda bo‘lajak o‘qituvchilarni edvayzerlik faoliyatiga tayyorlash asosida iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar «Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi» (№237-002-2016) darsligi mazmuniga singdirilgan. Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishga doir texnologik kompetentligi hamda edvayzerlik faoliyatiga tayyorlashning amaliy-texnologik tizimi takomillashtirilgan;

iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning diagnostik apparati va metodikalari majmuini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 dekabrdagi 371-qarori bilan tasdiqlangan «Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik granti» – beg‘araz texnik ko‘magidan foydalangan holda «Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish» loyihasining 2-komponentini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 iyuldagi 01-02/1-3-212/b-son ma’lumotnomasi). Natijada fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish va xalqaro ta’lim grantlaridagi ishtirokini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish