Norov Asror Egamberdievichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2PhD/Iqt.056.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Odil Kalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Dilmurod Xamidullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmanbaeva Roza Abduraxmanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsiyalarni tijoratlashtirishning ta’lim sohasida yaratilgan ichki mexanizmi va innovatsiyalarni tijoratlashtirish samaradorligini ta’minlash uchun davlat tomonidan yaratilgan tashqi mexanizmlarni hisobga olib, OTMlaridagi innovatsiyalarni tijoratlashtirishni boshqarish mexanizmlari takomillashtirilgan;
strategiyalarning barcha bosqichlari (beshta bosqich) va boshqaruv jarayonini o‘z ichiga olgan innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayonini amalga oshirish modeli tavsiya etilgan;
tashkilotning ixtisoslashuviga hamda tashqi belgilariga asoslanib, “raqobatbardoshlik mavqei va muhiti”, “investision” va “aralash” strategiyalarni qo‘llash hisobiga innovatsiyalarni tijoratlashtirishning boshqaruvi strategiyalari tasnifi taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida innovatsiyalarni tijoratlashtirish boshqaruvi bo‘yicha takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining samaradorligini baholash uchun nazorat ko‘rsatkichlar majmui ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsiyalarni tijoratlashtirishning ta’lim sohasida yaratilgan ichki mexanizmi va innovatsiyalarni tijoratlashtirish samaradorligini ta’minlash uchun davlat tomonidan yaratilgan tashqi mexanizmlarni hisobga olib, OTMlardagi innovatsiyalarni tijoratlashtirishning takomillashtirilgan boshqarish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2775-son ma’lumotnomasi). Taklif qilinayotgan yondashuv ichki va tashqi mexanizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’sirini o‘rganishga, eng muammoli sohalarni aniqlashga va alohida olingan har bir mexanizmning amal qilishini yaxshilash bo‘yicha maqsadli choralarni ko‘rish natijasida umumiy innovatsiyalarni tijoratlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samarali amal qilishiga imkon bergan;
strategiyalarning barcha bosqichlari (beshta bosqich) va boshqaruv jarayonini o‘z ichiga olgan innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayonini amalga oshirishning mualliflik modeli O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 03-10/2421-son ma’lumotnomasi). Uning xususiyati tashkiliy belgini kiritish (muassasa tomonidan tijoratlashtirish jarayonining ayrim bosqichlarini amalga oshirish) hisoblanadi. Shuningdek, namunali strategiyalarning tavsifi yoritilgan, bu esa tashkilotning ixtisoslashuviga qarab eng yaxshi variantni tez tanlash imkonini bergan;
tashkilotning ixtisoslashuviga hamda tashqi belgilariga asoslanib, innovatsiyalarni tijoratlashtirish boshqaruvi strategiyalarining tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 03-10/2421-son ma’lumotnomasi). Aniqlangan omillar innovatsiyalarni tijoratlashtirishning ichki mexanizmini rivojlantirishning ikkita ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi: “moliyalashtirish” qismi nuqtai nazaridan zaxiralarni qidirish, moliyalashtirishning ichki manbalarini shakllantirish va optimallashtirish; “innovatsiyalarni tijoratlashtirish strategiyasi” qismida esa davlat buyurtmasi tizimida ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish imkonini bergan;
oliy ta’lim muassasalarida innovatsiyalarni tijoratlashtirish boshqaruvi bo‘yicha takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan nazorat ko‘rsatkichlar majmui O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 03-10/2421-son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan ko‘rsatkichlar majmui innovatsion muassasalarning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini (tijoratlashtirish natijasidagi) har yili nazorat qilish va shu asosida innovatsiyalarni tijoratlashtirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish imkoniyatini bergan.