Altiev Qaxramon Saidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korporativ tuzilmalarning moliyaviy xavfsizligini oshirishda “Blokcheyn” modelidan foydalanish imkoniyatlari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.PhD/Iqt708.
Ilmiy rahbar: Azizov Ulug‘bek O‘ktamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qaraliev Sherbek Turaboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korporativ tuzilmalarning moliyaviy xavfsizligini oshirishda “Blokcheyn” modelidan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ tuzilmaning moliyaviy xavfsizlik darajasini aniqlash va to‘lov qobiliyatini milliy reyting shkalasi bo‘yicha eng yuqori balliga erishda maxsus raqamlashtirilgan dasturdan foydalanish negizida ekspert baholashning zarurati asosalangan;
vertual savdo maydonlari, kraudinvesting orqali korporativ ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish, ma’muriy va operatsion xarajatlarni kamaytirish hamda “moliyaviy qaltisliklar”ning past darajada bo‘lishiga erishishda reyting orqali baholash taklif etilgan;
Blokcheyn va DLT texnologiyalari negizida korporativ moliyaviy boshqaruv jarayonida tranzaksion ma’lumotlarni tartibga solish va kuzatish uchun regulyator aniqligini oshirish natijasida shartnomalar moliyaviy xavfsizligini ta`minlash mexanizmi takomillashtirilgan;
elektron kooperatsiya portalida moliyaviy xavfsizlik darajasi reytingi bӯyicha mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat kӯrsatuvchi kontragentlar tomonidan shartnomaviy majburiyatlarni bajarilish holatini “besh yulduzlik” ball tizimi asosida uzluksiz amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korporativ tuzilmalarning moliyaviy xavfsizligini oshirishda “Blokcheyn” modelidan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ tuzilmaning moliyaviy xavfsizlik darajasini aniqlash va to‘lov qobiliyatini milliy reyting shkalasi bo‘yicha eng yuqori balliga erishda maxsus raqamlashtirilgan dasturdan foydalanish negizida ekspert baholashning zaruratini asoslash bo‘yicha taklifi «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi AJ boshqaruvini baholash jarayonida foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi AJning 2020 yil 20 dekabrdagi 01-11/1-05/1757-son ma’lumotnomasi). Natijada, "STANDART AND SENSITIVE RATINGS" reyting agentligi tomonidan AJ “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasiga milliy miqyosda moliyaviy ishonchliligi “AAA-” maksimal darajadagi “Barqaror” prognozi bilan to‘lov qobiliyati reytingi, shuningdek “FITCH” halqaro reyting agentligining “BB-” darajadagi “barqaror” prognozi bilan reytinglarini olinishiga erishilgan;
vertual savdo maydonlari, kraudinvesting orqali korporativ ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish, ma’muriy va operatsion xarajatlarni kamaytirish hamda “moliyaviy qaltisliklar”ning past darajada bo‘lishiga erishishda reyting orqali baholash bo‘yicha taklifi «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi AJ boshqaruvini baholash jarayonida foydalanilgan («O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi AJning 2020 yil 20 dekabrdagi 01-11/1-05/1757-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rib chiqilayotgan davrda moliyaviy faoliyatdan olingan daromad hajmini 13,4 foizga oshirilishiga erishilgan;
Blokcheyn va DLT texnologiyalari negizida korporativ moliyaviy boshqaruv jarayonida tranzaksion ma’lumotlarni tartibga solish va kuzatish uchun regulyator aniqligini oshirish natijasida shartnomalar moliyaviy xavfsizligini ta`minlash mexanizmi takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 833-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va  kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 05/16-04-10/41-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron kooperatsiya portali platformasida 72 258 ta korporativ boshqaruv sub`ektlari o‘rtasida bir kunda imzolanayotgan elektron shartnomalar soni 70 tani tashkil etgan, shakllantirilgan elektron baza ma’lumotlariga asoslanib, faol korxonalarning doimiy reytingi aniqlab borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan, amalga oshirilayotgan amaliy tahlillar natijasida 148 401 ta mahsulot pozisiyasi bo‘yicha narxlar shaffofligini ta’minlashga erishilgan;
elektron kooperatsiya portalida moliyaviy xavfsizlik darajasi reytingi bӯyicha mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat kӯrsatuvchi kontragentlar tomonidan shartnomaviy majburiyatlarni bajarilish holatini “besh yulduzlik” ball tizimi asosida uzluksiz amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 833-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va  kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 05/16-04-10/41-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron onlayn savdo platforma negizida 148 401 ta mahsulotlar savdoga qo‘yilgan bo‘lib, bir kunda o‘rtacha bitimlar hajmi 12 162 mln.so‘mni tashkil etgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish