Yuldashev Farrux Haqberdievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasi “e’tiqod” ma’noviy guruhi atov birliklari tizimi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil514.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaev Azamat Baxranovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasiga oid “e’tiqod” umumiy semali atov birliklarining lisoniy qiymatini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek tilidagi “e’tiqod” ma’noviy guruhi atov birliklarini tashkil etuvchilar orasidagi sinonimik, antonimik, paradigmatik munosabatlar ochib berilgan va atov birliklar sistemaga mansub so‘zlarning barchasiga birdek taalluqli emasligi aniqlangan; 
“E’tiqod” kategoriyasi “diniy e’tiqod”, “dunyoviy e’tiqod”, “siyosiy e’tiqod” makroguruhlariga bo‘lingan holda o‘zbek tilidagi ushbu  kategoriyaning diniy va dunyoviy, “ma’naviy” hamda “moddiy” semali turlari ajratilgan, ularning ilmiy va badiiy asarlardagi semantik strukturasi, diniy va dunyoviy ma’nolarining o‘xshash va o‘zaro farqli belgilari asoslangan; 
o‘zbek tilidagi “e’tiqod” umumiy semali birliklarining leksik tizimda alohida lug‘aviy-ma’noviy guruh sifatida barqaror o‘ringa egaligi atov birliklarning tarkibi ham boshqa mavzuiy guruhlar singari til tizimida o‘ziga xos shakl, mazmun va semantik strukturaga ega ekanligi isbotlangan;
o‘zbek tilining yangi izohli lug‘atlari “e’tiqod” umumiy semali atov birliklari izohini berishda milliy ma’naviyatimizni aks ettiradigan “e’tiqod” konseptiga oid leksemalar bilan to‘ldirilganligi hamda son va sifat jihatdan nisbatan ustuvorlik kasb etganligi oydinlashgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi O‘zbek tilidagi “e’tiqod” umumiy semali atov birliklari tipologik tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
“e’tiqod” umumiy semali atov birliklari shakliy strukturasining berilishi hamda mazkur sistemaning yoritilishiga doir o‘rinlardan FA-F1-GOOZ “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”) nomli fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 12 noyabrdagi 17.01.130-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi lisoniy dalillar hamda shakliy strukturasining tuzilishiga oid o‘rinlar boyigan;
“e’tiqod” konseptini tashkil etuvchilar orasidagi sinonimik, antonimik, paradigmatik munosabatlar yoritilgan o‘rinlardan va bunday so‘zlarning ideografik lug‘atini tuzishning lisoniy hamda gipo-giperonimik asoslari berilgan tavsiyalardan FA-A1-GOO7 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzuidagi fundamental va amaliy ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 12 noyabrdagi 17.01.135-son ma’lumotnomasi). Natijada “e’tiqod” ma’noviy guruhiga oid leksemalarning naql-maqollardagi o‘rni, darajasi, ekspressiv-emotsional` ta’siri xususida muayyan xulosalarga kelingan;
o‘zbek tilidagi “e’tiqod” kategoriyasining moddiy va ma’naviy ma’no kasb etadigan leksik birliklaridan, ularning semantik strukturasiga oid tavsiyalardan, ushbu birliklarning leksikografik tadqiqiga doir xulosalaridan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzuidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020  yil 12 noyabrdagi 17.04/134-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishi “e’tiqod” umumiy semali atov birliklarining struktural va semantik tahliliga bog‘liq yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
Milliy e’tiqodni yuksaltirishga xizmat qiladigan lingvistik-didaktik bazani shakllantirish zarurati, uning lingvistik ta’minoti, “e’tiqod” konseptini lingvodidaktik ahamiyatiga doir xulosalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 iyundagi 01/02-50-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori saviyali barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlar orasida milliy e’tiqodni shakllantirish hamda ma’naviyatning shaxsiy, jamoaviy, etnik, milliy, umuminsoniy ko‘rinishlariga xos xususiyatlar ta’rifi, tavsifi haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish