Srojidinova Nigora Zaynutdinovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindromda arterial gipertenziyaning klinik-patogenetik jihatlari va molekulyar-genetik determinantlari, farmakoterapiya yo‘llari», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib49.

Ilmiy maslahatchi: Kurbanov Ravshanbek Davletovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Kobalava Janna Davidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gadaev Abdigaffor Gadoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: MS tarkibida AGning klinik-metabolik o‘ziga xosligi va molekulyar-genetik jihatlarini aniqlash, farmakoterapiyaning optimal rejimlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor klinik-gemodinamik, metabolik va molekulyar-genetik tekshirishlar asosida o‘zbek millatiga mansub erkak bemorlarda MS tarkibida AG rivojlanishining o‘ziga xosligi aniqlangan;

ABning  sutkalik profili va ritmi buzilishlari bilan birga kechuvchi chap qorincha (ChQ) va tomirlarning remodellanish jarayonlari ifodalanganligi IR va dislipidemiyani o‘ziga xos turi bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;

ilk bor o‘zbek millatiga mansub AG va MS erkak bemorlarda ACE, AGT, AGTR1, AGTR2, CYP11B2, ADRB3, PPARγ, IRS-1 genlari polimorfizmlari tarqalishining o‘ziga xosligi aniqlangan;

ilk bor o‘zbek millatiga mansub erkak bemorlarda MS tarkibida AG rivojlanish xavfining molekulyar-genetik belgilari aniqlangan;

ilk bor o‘zbek millatiga mansub bemorlarda MS tarkibida AGning rivojlanishi hamda ChQ va tomirlarning patologik remodellanishini rivojlanish xavfining molekulyar-genetik belgilari ko‘rsatib berilgan;

AG va MS bemorlarda amlodipinni moksonidin yoki perindopril bilan birgalikda davolashning samaradorligi asoslab berilgan;

ilk bor ACE, AGT, AGTR1, AGTR2, CYP11B2, ADRB3, PPARγ, IRS-1 genlarining polimorfizmlarini hisobga olgan holda AG va MS bemorlarda amlodipinni moksonidin yoki perindopril bilan birgalikda davolashga bo‘lgan javobning farmakogenetik o‘ziga xosligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

MS tarkibidagi AGning molekulyar-genetik jihatlari va farmakoterapiyaning optimal usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:

«Molekulyarno-geneticheskie aspekti essensial`noy gipertonii» mavzusidagi monografiya tasdiqlandi va chop etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 11 apreldagi 84-d/26-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar asosida o‘zbek millatiga mansub AG bemorlarda AGning molekulyar-genetik determinantlarini aniqlash kasallik rivojlanishiga va nishon a’zolarini shikastlanishiga moyillikni aniqlashga hamda kasallikning oldini olishga qaratilgan davolash-profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga imkon yaratgan;

  «Metabolicheskiy sindrom» mavzusida uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 11 apreldagi 84-d/26-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida AG va MS komponentlarini davolashda ijobiy samaraga erishilgani, jumladan yurak-qon tomir asoratlari va qandli diabetning paydo bo‘lishini kamayishiga olib kelgan;

«Metabolik sindromda arterial gipertenziyani davolash» mavzusida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi va tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 11 apreldagi 84-d/26-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida MSda AGni davolashda amlodipinni moksonidin bilan birga qo‘llash AG va MS bemorlarda ABning maqsadli ko‘rsatkichlariga tezroq erishishi va IRni kamaytirishi aniqlangan;

MSda AGning molekulyar-genetik deteminantlarini, erta diagnostika mezonlarini aniqlash va farmakoterapiyani optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi bo‘limlari, Namangan viloyat kardiologiya dispanseri ish jarayoniga hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining kardiologiya va terapiya kafedralarining o‘quv jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 11 apreldagi 84-d/26-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan tavsiyalar natijasida MS va AGni erta tashxislash, kasallikning klinik kechishini, uning asoratlarining rivojlanish xavfini baholash, davolash va oldini olishga samarali yondashuvni aniqlash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish