Abdug‘aniev Ozod Tursunboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1736.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Farsaxonova Dilafro‘z Rizaxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoniga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillar tizimi fuqarolik huquqlarini himoyalash, irodaviy o‘zini nazorat qilish, ijtimoiy ahamiyatli vaziyatlarni egallash, davlat va jamiyat mafkurasiga mos vaziyatlarni tashkil etish hamda ijtimoiy-madaniy, sinergetik, fenomenologik va aksiologik yondashuvlarni o‘zaro yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch bilimlarining me’yoriy, tizimli darajalarini innovatsion ta’lim muhitida modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-didaktik mexanizmlari “Menga so‘z bering”, metodi va “Skarabey” innovasion-interaktiv texnologiyasiga asoslangan, fuqarolik va ijtimoiy loyihalarni ijtimoiy yo‘nalish, ishonch darajasi va ijtimoiy hatti-harakatlar tuzilmasi analitik, tashkiliy, faoliyatga doir, monitoring va natijaviylik bosqichlari asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlanganligini baholash mezonlari, ma’naviy tarbiyalanganlik va demokratik qadriyatlar, insonparvarlik, ideallarga mos yo‘nalganlik ahloqiy tizimlashtirishning komponentlari uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan pedagogik korreksiya usullari instrumental, motivatsion, kognitiv, produktiv, reflektiv-baholovchi komponentlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarida ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoniga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillar hamda ijtimoiy-madaniy, sinergetik, fenomenologik va aksiologik yondashuvlarni o‘zaro yaxlitlashga oid takliflar “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi: Fuqarolik jamiyati” fani davlat ta’lim standartlari va malaka talablari hamda “Ijtimoiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 89-03-279-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining mohiyati va pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash imokniyati oshirilgan;
talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishning baholash darajasi (zaruriy, optimal, maksimal) sohalarini demokratik qadriyatlar, insonparvarlik, ideallarga mos ahloqiy tizimlashtirishga oid takliflardan I-2016-1-33 raqamli “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” nomli amaliy loyiha va KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 89-03-279-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash asosida ularda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalar rivojlanganligini baholash mezonlari aniqlashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli, pedagogik-psixologik jarayon funksiyalarini optimallashtirish hamda talaba shaxsiga ta’sir etuvchi ijtimoiy pedagogik individual sifatlar, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi rivojlanishining baholash darajasi (zaruriy, optimal, maksimal) sohalarini demokratik qadriyatlar, insonparvarlik, ideallarga mos ahloqiy tizimlashtirishga oid takliflar I-2016-1-33 raqamli “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 89-03-279-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan.