Xoliyorov O‘ral Menglievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili ta’limiy korpusini tuzishning lingvistik asoslari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1490.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberganova Durdona Sidiqovna, filologiya fanlari doktori, professor; Shaxabitdinova Shohida Xashimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili ta’limiy korpusini tuzishning nazariy masalalarini belgilash, o‘zbek tili ta’limiy korpusining lingvistik ta’minotini yaratish asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limiy korpusga xos lingvistik, didaktik, informatsion xususiyatlar jahon ta’limiy korpuslari funksional imkoniyatining lingvistik ta’minoti jihatidan farq qilishi, tilga avtomatik ishlov berish usullari jihatidan o‘xshash ekanligi asoslangan;
ta’limiy korpus materialini avtomatik qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish uchun o‘zbek tili morfoleksikoni hamda o‘zbek tili morfologik bazasini tuzishning optimal matematik va lingvistik usullari aniqlangan hamda morfoleksikon va morfologik baza tuzishning kognitiv, lingvo-statistik ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
fe’l shakllari lug‘atini tuzish tartibi, o‘zak va grammatik shakllarning korpusga joylashuvini tizimlashtirishning lingvistik, matematik, mantiqiy, dasturiy tamoyillari belgilangan hamda o‘zbek tili ta’limiy korpusining qidiruv imkoniyatlari, interfeys qurilishi, ta’limiy korpusning konkordans va elektron kutubxona sifatidagi ta’limiy, lingvodidaktik, resurs imkoniyatlari ochib berilgan;
ta’limiy korpus bazasiga o‘quv lug‘atlari, so‘z yasalishi, so‘z ma’nolari, so‘zlararo ma’noviy, shakliy munosabatlarini ifodalovchi parametrlarni kutubxona, konkondans va SQL qidiruvi usulida joylashtirish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili ta’limiy korpusini tuzishning lingvistik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’limiy korpus uchun axloqiy-tarbiyaviy mazmundagi matnlarni tanlash tamoyillari, o‘quv lug‘atlari, so‘z ma’nolari izohi, so‘zlararo ma’noviy, shakliy munosabatlarga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularga mos qidiruv tizimini yaratish, korpus bazasiga joylashtirish haqidagi nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 22 apreldagi 17.01/108-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq naql-maqollarida til birliklarining morfologik shakllari va pozisiyalarini aniqlashtirishga, lingvistik baza sifatida ahamiyatini ochib berishga erishilgan;
o‘zbek tili morfologik bazasini tuzish orqali ta’limiy korpus morfoleksikonini yaratishning samarador matematik va lingvistik usullari, o‘zbek tili leksemalarining turkumga tegishlilik statistikasini aniqlash, so‘z yasalishining lingvistik tadqiq ko‘lamini kengaytirish; so‘z yasalishi, so‘z ma’nolari izohiga doir ma’lumotlar bazasining tarkibi va tuzilishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 22 apreldagi 17.01/108-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishida hozirgi qoraqalpoq tilida so‘z yasalish modellari, so‘z yasalish asoslarini tahlil qilishda nazariy umumlashmalarning mukammallashuviga erishilgan,
o‘quv lug‘atlari, so‘z yasalishi, so‘z ma’nolari izohi, so‘zlararo ma’noviy, shakliy munosabatlarga doir ma’lumotlar bazasining tarkibi va tuzilishi; ularni ta’limiy korpus bazasiga joylashtirish haqidagi ilmiy-nazariy muammolarini yoritishdagi xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “Leksik-semantik munosabatlar”, “O‘zbek tili leksikasi tasnifi” deb nomlangan 17–18-paragraflarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 24 maydagi 89-03-2167-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z ma’nolari izohi, so‘zlararo ma’noviy, shakliy munosabatlarga doir mavzular mazmunining mukammallashuviga erishilgan;
o‘zbek tili morfologik lug‘atini tuzishning morfologik shakllari va pozisiyalarini aniqlashtirish, fe’l shakllari lug‘atini tuzish tartibi, o‘zak va grammatik shakllarning korpusga joylashuvini tizimlashtirish tamoyillari va imkoniyatlari, grammatik morfemalarning modeli bo‘yicha tavsiyalardan o‘zbek tili fe’l shakllarining morfologik lug‘atini yaratishda foydalanilgan (O‘zbek tilining fe’l shakllari lug‘ati (“kiymoq” fe’li misolida) [Matn]: lug‘at. – Termiz: Termiz davlat universiteti nashr-matbaa, 2021. – 492 b. ISBN 978-9943-7243-3-4). Natijada morfologik shakllar bazasi yaratilib, o‘zbek tili milliy korpusi morfologik teglash dasturi va morfologik analizatorini ishlab chiqish uchun asosiy lingvistik ta’minot shakllantirilgan;
o‘zbek tili ta’limiy korpusini tuzish zarurati, unga xos informatsion xususiyatlar, lingvistik ta’minoti, jahon ta’limiy korpuslaridan farqli va o‘xshash jihatlari, lingvodidaktik ahamiyatiga doir xulosalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 29 apreldagi 01-01/54-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori saviyali barkamol avlodni voyaga etishtirish, yoshlar orasida til madaniyatini shakllantirish hamda zamonaviy axborot tizimida o‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.