Xaitov Elmurod Bekmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyat ma’naviy yuksalishida innovatsion siyosatning o‘rni», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ss186.
Ilmiy rahbar: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Mavlonov Shavkat Murtazaevich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi davrida jamiyat ma’naviy yuksalishini ta’minlashda innovatsion rivojlanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi qonuniyatlar samarasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning yangi ma’naviy qiyofasi va innovatsion rivojlanish siyosatiga xos sotsial determinizmning gumanistik tabiati, intensiv o‘sish tamoyillari, beqarorlik va tahdidlarga qarshi kurashning siyosiy omillari hamda milliy va umuminsoniy xususiyatlari ochib berilgan;
jamiyatni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy resurslar, inson omili, ehtiyojlarning evolyusion genezisi va ma’naviy yuksalish dinamikasining moslashuvchan, aloqadorlik mexanizmlari ko‘rsatib berilgan;
jamiyat ma’naviy ravnaqi va innovatsion rivojlanishiga xizmat qiluvchi siyosiy institutlar, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmunini baholashning shaffoflik, tizimlilik, siyosiy kompitentlik darajalari ochib berilgan;
jamiyatning ma’naviy yuksalishiga ta’sir ko‘rsatadigan innovatsion siyosatni ratsional-huquqiy ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash, davlat imkoniyatlarini safarbar etish samarali mexanizmlari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyat ma’naviy yuksalishida innovatsion siyosatning o‘rnini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning yangi ma’naviy qiyofasi va innovatsion rivojlanish siyosatiga xos sotsial determinizmning gumanistik tabiati, intensiv o‘sish tamoyillari, beqarorlik va tahdidlarga qarshi kurashning siyosiy omillari hamda milliy va umuminsoniy xususiyatlari ochib berishga doir ilmiy asoslangan natijalar, taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2020 yil 3 dekabrdagi 02/07-1060-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar Markazning “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” tamoyiliga tayanadigan va mamlakatda faol fuqarolikni shakllantirishda yetakchi ziyolilar namoyondalari salohiyatidan unumli foydalangan holda tizimli targ‘ibotni amalga oshirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishida xizmat qilgan;
Jamiyatni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy resurslar, inson omili, ehtiyojlarning evolyusion genezisi va ma’naviy yuksalish dinamikasining moslashuvchan, aloqadorlik mexanizmlari ko‘rsatib berilgan xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirish dasturining II.bobi “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari”ning 10-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2020 yil 3 dekabrdagi 02/07-1060-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalardan Markazning kelgusidagi targ‘ibot ishlarida yaxshi samara berish e’tirof etilgan;
Jamiyat ma’naviy ravnaqi va innovatsion rivojlanishiga xizmat qiluvchi siyosiy institutlar, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmunini baholashning shaffoflik, tizimlilik, siyosiy kompitentlik darajalari ochib berilgan ilmiy xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida foydalanilgan (Vazirlikning 2021 yil 12 yanvardagi 89-03-148-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiya oliy ta’lim tizimida ma’naviy muhitni shakllantirishda innovatsion ta’limni rivojlantirish orqali davlat siyosatini ta’minlashda, Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Jamiyatning ma’naviy yuksalishiga ta’sir ko‘rsatadigan innovatsion siyosatni ratsional-huquqiy ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash, davlat imkoniyatlarini safarbar etish samarali mexanizmlari ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2020 yilgi ish rejasi ijrosida keng foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2020 yil 17 dekabrdagi 04-13/2946-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya III-bobining “Innovatsion rivojlanish siyosatining ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bilan bog‘liq ustivor yo‘nalishlari” bandida, yoshlar o‘rtasida ishsizlikka o‘rin qoldirmaslik, ularni mehnatning biror bir turi bilan bandligini ta’minlash, “Tadbirkorlik – aholi bandligining garovi!” tamoyilini amalga oshirishda yosh avlod vakillarini qo‘llab quvvatlash, ushbu yo‘nalishda “Yoshlar tadbirkorligi – kelajak poydevori” tamoyili bo‘yicha ishlarni yanada rivojlantirish, bu yo‘nalishda ustoz-shogird an’anasini davom ettirish va uni rag‘batlantirishda xizmat qilgan.