Hojieva Zulfiya O‘ktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Didaktik tizimni modellashtirish orqali o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini insonparvarlashtirish (boshlang‘ich sinf misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped581.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf didaktik tizimni modellashtirish orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni insonparvarlashtirishning tamoyillari, shakl, metod va vositalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
munosabatlarni insonparvarlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik kompetentlilikni rivojlantirish tuzilmasi o‘quvchida insonparvarlik qadriyatlarini shakllantirish yo‘nalishlarini (bilishga oid, operatsion, refleksiv) tasniflash hamda didaktik tizimni modellashtirish tamoyillari (yaxlitlik, maqsadga yo‘naltirilganlik, tashxislanuvchanlik)ni kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda munosabatlarni insonparvarlashtirishning liderlik-kommunikabellik, verbal-noverbal, prezentativlik - eksklyuzivlik - motivatsion kabi ko‘p vektorli yondashuv bosqichlari emotsionallik, progressivlik, motivatsiya, optimallik, effektivlik, texnologik singari ijtimoiy baholash mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
fasilitator va t`yutorlik faoliyatining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari “Kosmik tezlik”, “Ortiqchasini o‘chirish” kabi didaktik o‘yinlarning modellashtirish, loyihalashtirish, bunyod etish singari loyihalashtirish funksiyalarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni insonparvarlashtirish jarayonlarining pedagogik xususiyatlari uning konseptual, tarixiy, ijtimoiy, dunyoviy va diniy rivojlanish an’analari tarkibini aniqlashtirish asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Didaktik tizimni modellashtirish orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni insonparvarlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni insonparvarlashtirish jarayonlarining pedagogik mazmun-mohiyati, uning konseptual, tarixiy, ijtimoiy, dunyoviy va diniy rivojlanish an’analari tarkibi, munosabatlarni insonparvarlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik kompetentlilikni rivojlantirish bosqichlari, o‘quvchida insonparvarlik qadriyatlarini shakllantirish yo‘nalishlari (bilishga oid, operatsion, refleksiv) hamda didaktik tizimni modellashtirish tamoyillari mazmuniga oid takliflardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2648-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pedagogik omil va shart-sharoit xususiyatlarini belgilashda pedagogik texnologiyalarni mazmun, mohiyat, yo‘nalishiga qarab ta’lim jarayonini didaktik modellashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinflarda munosabatlarni insonparvarlashtirishning ko‘p vektorli yondashuv bosqichlari, ijtimoiy baholash mezonlari (liderlik-kommunikabellik, verbal-noverbal, prezentativlik - eksklyuzivlik - progressivlik - motivatsion) ga oid takliflardan “O‘qish”, “Matematika”, “Odobnoma” hamda “Tevarak atrofimizdagi olam” o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2648-son ma’lumotnomasi). Natijada didaktik tizimni modellashtirish orqali o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini insonparvarlashtirishga yo‘nalganlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
fasilitator va t`yutorlik faoliyatining tashkiliy-pedagogik bosqichlari, didaktik o‘yinlarning (“Kosmik tezlik”, “Ortiqchasini o‘chirish” kabi) loyihalashtirish funksiyalari tarkibi (modellashtirish, loyihalashtirish, bunyod etish)ga oid takliflari ITD-1-21 raqamli “O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyihalash mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasidagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 iyuldagi 89-03-2662-son ma’lumotnomasi). Bu boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pedagogik omil va shart-sharoit xususiyatlarini belgilashda pedagogik texnologiyalarni mazmun, mohiyat, yo‘nalishiga qarab ta’lim jarayonini didaktik modellashtirishga xizmat qilgan.