Sayt test rejimida ishlamoqda

Maroziqov Akmal Abdurashidovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona viloyatida tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi” (1991 – 2020 yy), 07.00.01. — O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar283. 
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04. 
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdulla Nuriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Shavkat Muhammadalievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillari O‘zbekiston, xususan Farg‘ona viloyatida tadbirkorlikka yaratilgan sharoitlar, kichik biznesni rivojlanishi, tashkiliy asoslari, natijalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish dastlab xususiylash-tirish hamda kichik mulkdorlar sinfini shakllantirish, iqtisodiyotga xususiy kapitalni jalb qilib, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish, tadbirkorlik sohasini erkinlashtirish, me’yoriy hujjatlar qabul qilish, tadbirkorlik ulushining ko‘payib borishiga erishish, qo‘lga kiritilgan tajribani xolis baholab, islohotlarni yanada chuqurlashtirish kabi besh bosqichni bosib o‘tganligi aniqlangan; 
Farg‘ona viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish hududda shakllangan mahalliy xususiyatlar - demografik jarayonlar, urbanizatsiya jarayonlari, tabiiy boyliklar, qishloq xo‘jaligi xom ashyosi va mehnat resurslari mavjudligi hamda qadimdan rivoj topgan, o‘ziga xos maktab yaratgan dehqonchilik madaniyati bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan; 
mustaqillik yillari Farg‘ona viloyati agrar tarmog‘i tadbirkorlikning bir yo‘nalishi sifatida shakllanganligi, bu borada bir necha yuz yillik tajribalarni qo‘llagan holda erga ishlov berish va undan foydalanish bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining deyarli 50 foizini aholi shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari etishtirganligi, bu asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishdagi barqarorlikni saqlab qolishga xizmat qilayotganligi isbotlangan;
mustaqillikning ilk yillarida viloyatda mahalliy xususiyatlardan kelib chiqib ishlab chiqaruvchi yordamchi xo‘jaliklar shaklida tikuvchilik, tekstil`, quruvchilik sexlari ochilganligi, savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ortib borganligi, ular ba’zi ma’muriy to‘siqlarga duch kelganligi sababli samaradorlikni talab darajasida ta’minlashga imkon bo‘lmaganligi dalillangan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillari Farg‘ona viloyatida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishi, tashkiliy asoslari borasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqotlar natijasi asosida: 
mustaqillik yillari tadbirkorlik, xususan, fermer xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash va ularning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholini eng avvalo mahalliy oziq-ovqat mahsu-lotlari bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish va ularning natijalari haqidagi ma’lu-motlardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Viloyat kengashi bilan hamkorlikda viloyatning Furqat, O‘zbekiston, Bog‘dod, tumanlaridagi maktablarda o‘tka-zilgan “Tadbirkorlik yoshlar nigohida”, “Tadbirkorlik va yoshlar” mavzula-ridagi davra suhbatlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 10 sentyabrdagi 04-13/2307-son ma’lu-motnomasi). Natijada yoshlarda mustaqillik yillari O‘zbekistonda xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkon bergan. 
mustaqillikning dastlabki yillari Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Buvayda, Beshariq, Quva va Toshloq tumanlaridagi xo‘jaliklarda g‘isht sexi, tikuvchilik, ohak, qandolatchilik, kulolchilik, gilam to‘qish, duradgorchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilganligi, bu sexlarda ko‘plab aholining ish bilan ta’minlanganligi, o‘tgan yillar mobaynida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Quva, Farg‘ona kabi shaharlarida, Toshloq, Beshariq kabi tumanlarda eksport hajmlarining oshib borganligi haqidagi ma’lumotlar orqali viloyatda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga yaratilgan imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining chora-tadbirlar rejasi hamda dasturlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 7/05-16-8324-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Quva, Farg‘ona shaharlarida, viloyatning Toshloq, Beshariq tumanlarilaridagi tadbirkorlarning murojatnomalarni hal qilishda, tadbirkorlarga viloyatning tarixiy-geografik joylashuvi bu erlarda qadimdan dehqonchilik madaniyatining shakllanishida muhim rol o‘ynaganligi, tarixiy tajriba bugungi sharoitlardan kelib chiqib, tadbir-korlik, dehqonchilik ana’analarini davom ettirishda muhim omil bo‘layot-ganligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan; 
Farg‘ona viloyatida olib borilgan islohotlar davomida viloyatning deyarli barcha tumanlarida meva-sabzavot etishtirish darajasi yuqoriligi, mavjud dehqon xo‘jaliklarining asosan notexnik ekinlar ekishi, fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikning rivojlanishiga asos bo‘lishi hamda aholi bandligi oshib borishiga imkon yaratishi kabi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 27 oktyabrdagi 02-40-1013-son ma’lumotnomasi). Bu teletomoshabinlarda Farg‘ona viloyatining imkoniyatlari, respublikaning boshqa viloyatlari qatorida dehqonchilik, xususan meva-sabzavot etishtirishdagi o‘rni hamda O‘zbekistonning xorijga chiqarayotgan mahsulotlari va dunyo davlatlari orasidagi o‘rnini belgilashda viloyatning qo‘shgan xissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkon bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish