AxmedovaAziza Komilovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr amerika va o‘zbek realistik romanlarida ideal qahramon obrazi” (Sinkler L`yuisning “Erousmit” va Pirimqul Qodirovning “Uch ildiz” asarlari misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1131.
Ilmiy rahbar: Muratova El`mira Denisovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yoqubovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Adilova Shaxnoza Raximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston  milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sinkler L`yuisning «Erousmit» va Pirimqul Qodirovning «Uch ildiz» romanlarida ideal qahramonning mushtarak va farqli jihatlarini tadqiq qilish orqali muallif ideallarini badiiy timsolga ko‘chirishning usul va vositalarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
estetik ideal kategoriyasining haqiqat, ezgulik va go‘zallik aspektlarini ifodalovchi tasvir vositalari, poetik usullar, ijodiy individuallik, badiiy shakl va uslub o‘ziga xosligi muammolari ingliz va o‘zbek adabiyotshunosligi badiiyat mezonlari kontekstida qiyosiy-tipologik yondashuv orqali ideal qahramon yozuvchining falsafiy mushohadalari va estetik qarashlarini mujassam etgan timsol ekanligi aniqlangan;
ideal qahramon obrazini yaratishda haqiqatni izlash motivi, badiiy tasvir metodi, personaj nutqida romantik pafos, psixologik, xarakterlararo, kahramon va muhit konfliktlari hamda syujet qurilishidagi tipologik badiiy usul va vositalar makrokomparativistika tamoyillari doirasida ilmiy-nazariy jihatdan dalillangan;
bosh qahramonda realistik, romantik metod unsurlarining uyg‘unligi, umumbashariy hamda milliy qadriyatlar yetakchiligi va ushbu mushtarakliklar tipologiyasi ijtimoiy-tarixiy hamda adabiy-estetik asosda o‘zbek va jahon adabiyotshunosligi nazariy tushuncha va tamoyillariga tayanib asoslangan;  
G‘arb va Sharq poetik tafakkuri tadrijida Sharq adabiyotshunosligi tarixidagi adabiy mezonlar bilan jahon ilm-fanidagi samarali usullarni uyg‘unlashtirgan holda Sinkler L`yuis va Pirimqul Qodirovning epik qahramon yaratish mahorati, mushtarak va farqli jihatlari roman janri kontekstida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr amerika va o‘zbek realistik romanlarida ideal qahramon obrazining tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
estetik ideal kategoriyasining haqiqat, ezgulik va go‘zallik aspektlarini ifodalovchi tasvir vositalari, poetik usullar, ijodiy individuallik, badiiy shakl va uslub o‘ziga xosligi muammolari ingliz va o‘zbek adabiyotshunosligi badiiyat mezonlari kontekstida qiyosiy-tipologik yondashuv orqali tadqiq etilib, ideal qahramon yozuvchining falsafiy mushohadalari va estetik qarashlarini mujassam etgan timsol ekanligi  borasidagi tahlillar va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining «JXBL-19» raqamli «Oila ma’naviyatining elektron tezarus lug‘atini yaratish» nomli loyihasi doirasida, oila ma’naviyatiga xos bo‘lgan kategoriyalar ta’rifini ishlab chiqishda ijodiy-konseptual manba bo‘lib xizmat qilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 12 dekabrdagi 01-09/61-son ma’lumotnomasi). Natijada tezarus lug‘atda ma’naviy-estetik ideallarni shakllantirishga doir tushunchalarni keng qamrovda izohlash imkonini bergan;    
ideal qahramon obrazini yaratishda haqiqatni izlash motivi, badiiy tasvir metodi, personaj nutqida romantik pafos; psixologik, xarakterlararo, kahramon va muhit konfliktlari hamda syujet qurilishidagi tipologik badiiy usul va vositalar makrokomparativistika tamoyillari doirasida ilmiy-nazariy jihatdan dalillanganligiga oid ilmiy natijalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining I-OT-2019-7 – «Umumiy o‘rta maktablar uchun mo‘ljallangan 3D-tizimli interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish» (5-sinf «Adabiyot» fani uchun) nomli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 89-03-3818-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mazmunan boyitilgan hamda ma’naviy jihatdan ta’sirchanligi oshishiga erishilgan;
bosh qahramonda realistik va romantik metod unsurlarining uyg‘unligi, umumbashariy va milliy qadriyatlar yetakchiligi va ushbu mushtarakliklar tipologiyasi o‘zbek va jahon adabiyotshunosligi nazariy tushuncha va tamoyillari asosida  dalillanib, chiqarilgan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» doirasida foydalanilgan (Madaniyat Vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 01-12-03-37-78-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar «yo‘l xaritasi» doirasida o‘z aksini topgan;
G‘arb va Sharq poetik tafakkuri tadrijida Sharq adabiyotshunosligi    tarixidagi adabiy mezonlar bilan jahon ilm-fanidagi samarali usullarni uyg‘unlashtirgan — sintez qilgan holda Sinkler L`yuis va Pirimqul Qodirovning epik qahramon yaratish mahorati, mushtarak va farqli jihatlari roman janri kontekstida ochib berilganligiga oid chiqarilgan xulosalar va ilmiy natijalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilayotgan I-OT-2019-42 raqamli «O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish» nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish Vazirligining 2021 yil 30 martdagi 03-15/1723-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘at milliy timsollar haqidagi ilmiy-nazariy asos bilan boyitilgan; 
Sinkler L`yuis va Pirimqul Qodirovning obraz yaratish mahoratida ijodiy individualligini izohlashga oid ilmiy xulosalar yosh ijodkorlar bilan ishlash bo‘limi qoshidagi «Nasr» ijodiy to‘garagi faoliyatida, yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlarda hamda badiiy asar tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 24 dekabrdagi 01-03-05/1209-son ma’lumotnomasi). Natijada Sinkler L`yuis va Pirimqul Qodirovning milliy adabiyotda tutgan o‘rni, ta’lim-tarbiyadagi ahamiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga erishilgan hamda tadqiqot xulosalari roman janri poetikasi, badiiy tarjima muammolarini keng tahlil qilishga asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish