Amonova Gulnoza Toshmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy-siyosiy leksikaning lingvokulturologik aspekti (ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil341.
Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudayqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Juraeva Iroda Axmedovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy-siyosiy leksikaning ingliz tilidan o‘zbek va rus tillariga tarjima qilishda lingvokulturologik xususiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-siyosiy leksikaning xalqaro terminosistema bilan hamohang bo‘lgan har uch tilga oid leksik va konseptual maydoni, definisiyasi, taksonomiyasi va tipologiyasi kabi lingvo-madaniy maqomlari qiyosiy-tipologik va chog‘ishtirma tahlil usullari orqali isbotlangan;
uch tilda ijtimoiy-siyosiy leksikaning derivatsion xususiyatlari, affiksal, leksik-semantik va morfologik shakllanish usullarini yoritib berishdagi tilararo mutanosiblik lingvistik va ekstralingvistik omillar integratsiyasi asosida dalillangan;
rus va o‘zbek tillarida so‘zlashuvchi resipient uchun ingliz tilidagi ayrim ekvivalentsiz leksikani, ijtimoiy-siyosiy realiyalarni va madaniy markerlarni tarjima qilishdagi semantik nomuvofiqlikni bartaraf etishda adekvat tarjimaning funksional imkoniyati assotsiativ aloqalar transformatsion modeli orqali aniqlangan;
ijtimoiy-siyosiy leksikani publisistik matnlar orqali o‘rganishda ijtimoiy-siyosiy diskursda stilistik vositalar transformatsiyasi “O‘z va O‘zga madaniyat” (Own and Alien culture) aspektida siyosiy to‘g‘rilik omilini inobatga olgan holda ingliz tilidan rus va o‘zbek tillariga ijtimoiy-siyosiy leksikani tarjima qilishda saralash (synthesizing) usulini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi ijtimoiy-siyosiy leksikaning lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy-siyosiy leksikaning tasnifi, taksonomiyasi va tipologiyasi lingvomadaniyatshunoslik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy milliy merosni rivojlantirish Departamenti tomonidan tuzilgan, boy milliy lisoniy an’analar, nomoddiy madaniy meros, ijtimoiy qadriyatlar haqidagi «Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish» nomli metodik ko‘rsatmasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 27 sentyabrdagi 01-12-14-4873-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlar millatlararo aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutuvchi madaniy axborotni tarjima orqali ommalashtirishga xizmat qilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi ijtimoiy-siyosiy leksikaning derivatsion tamoyillari, affiksal, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usullari bo‘yicha takliflar, tavsiyalar va xulosalar IIVning rasmiy saytidagi (iiv.uz) xavfsiz turizm va o‘zbek tilining roliga bag‘ishlangan voqealarni yoritish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 2/4782-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ishining ma’lumotlari o‘zbek ijtimoiy-siyosiy leksikasi xususiyatlarini targ‘ib qilishga hamda respublikada o‘zbek tilining davlat tili maqomini mustahkamlashga xizmat qilgan;
tarjima usullari, xususan, rus tilida va o‘zbek tilida so‘zlashuvchi resipient uchun ayrim ingliz madaniy markerlarini va transkripsiya qilish usulini bayon qiluvchi deskriptiv usuli, madaniyatshunoslikka oid realiyalarni tarjima qilish bo‘yicha ilmiy-uslubiy takliflardan Berlinale, Kann, Pusan va Prolog kabi festivallarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy kino hay’atining 2019 yil 19 oktyabrdagi 01/19-142-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi kinoindustriyasi haqida uch tildagi portfolio yaratilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tilidagi ijtimoiy-siyosiy leksikasi tarjimasida aniqlangan ekspressiv-emotsional xususiyatlar va lingvokul`turologik leksik nomuvofiqlik (disgarmoniya) YoA1-OT-11965 «Talabalar nomoddiy madaniy merosini himoya qilish tizimini shakllantirish» loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4240-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada uchta tildagi bitta konseptning tarixiy, siyosiy, idealistik va kul`turologik stereotiplardan kelib chiqib leksik disgarmoniya haqidagi munozaralar o‘z echimini topgan.
stilistik uslublarni tarjima qilish strategiyalari va ijtimoiy-siyosiy sohadagi milliy-madaniy leksik birliklar tarjimasi transformatsiyalari, shuningdek, siyosiy to‘g‘rilik konsepsiyasidan Islom Hamkorlik Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining 2019 yil 7-8 oktyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan «Tinchliksevar demokratik jamiyatlar va barqaror rivojlanish taraqqiyotida yoshlar huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilinishining muhimligi» mavzusidagi VI doimiy anjumani doirasidagi memorandum jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazining 2019 yil 15 oktyabrdagi 03/1246-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlar inson huquqlarini himoya qilish sohasida uchraydigan ba’zi atamalarni adekvat tarjimasiga xizmat qilgan;
tarjima transformatsiyalari, shuningdek, dissertatsiyada keltirilgan ekologik sohaga oid atamalar O‘zbekiston Respublikasi ekologik partiyasi faoliyati haqidagi axborotni tarqatish uchun, g‘oyalarni va qarorlarni olg‘a siljitish uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2019 yil 23 oktyabrdagi 10-244-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlar axoli orasida ekologik atamalaran uch tilda, asosan o‘zbek va rus tillarida targ‘ib etilishiga xizmat qilgan.